Isroil sudi Ahmad Manasiraning muddatidan oldin ozod qilish talabini rad etdi

Isroil sudi, 14 yoshida «terrorchilik ayblovi» bilan qamoq jazosiga hukm qilingan Ahmad Manasiraning ishining «terror qonuni» doirasida ko’rib chiqilishiga qaror qildi.
Shu doirada, Manasira uchun amnistiya va shartli muddatidan oldin ozod qilish talabi ham rad etildi.
Manasiraning advokati Xolid al-Zabarka Isroil sudining qarorini adolatsiz deb topdi.
Manasira 2015-yilda 13 yoshida bosib olingan Sharqiy Quddusdagi yahudiy aholi punkti yaqinida ikki isroillikni “pichoqlagan” aybi bilan hibsga olingan va keyinchalik 14 yoshida qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Rasmiylar Manasirani Isroil adliya tizimi jazolashi mumkin bo‘lgan 14 yoshga to‘lgunga qadar atayin ushlab turgan edi.
