Isroil Quddusdagi 80 ta falastinlik uyni buzishga tayyorlanmoqda

Isroil, Quddus shahridagi falastinliklarning uylarini buzish qarorlarini qabul qilishda davom etmoqda.
Isroilkuchlari tomonidan ishg’ol ostidagi Sharqiy Quddusning Silvan hududida 84 ta uyning buzilishi rejalangani bildirildi.
Ma’lum qilinishicha, Silvandagi Vadi Yasul mahallasidagi uylar Isroil milliy bog‘ini kengaytirish uchun buziladi.
Isroil mintaqadagi «Dovud shahri» yahudiy bog’ini kengaytirmoqchi. Shu doirada Quddusdagi musulmonlarga tegishli ko’plab uylar, do’konlar, yerlar va qabristonlar musodara qilinmoqda.
Isroil sudi 84 ta uyni buzishga qaror qilsa, hududda yashovchi 600 ga yaqin falastinlik boshpanasiz qoladi.
Agar vayronagarchilik amalga oshirilsa, bu so’nggi yillarda Isroil tomonidan ko’chirilgan falastinliklarning eng yirik majburiy ko’chirilishlaridan biri bo’ladi.
Ishg’ol qilingan hududlarda tinch aholini majburan ko’chirish xalqaro huquq va shartnomalarga ko’ra noqonuniy hisoblanadi.
Biroq shunga qaramay Isroil uzoq vaqtdan beri mintaqadagi falastinliklarni ko’chirishda va ayniqsa Quddus atrofini yahudiylashtirishda davom etmoqda.
