Isroil Quddusdagi 70 kishidan iborat 10 oila uylarini buzib tashlaydi

Quddusdagi Isroil munitsipaliteti Et-Tur shahridagi bir xonadonda yashovchi 70 kishidan iborat 10 oilaga ularning uyini buzib tashlanishi haqida xabar berdi.
Isroil munitsipaliteti buzishga qaror qilgan xonadonda yashovchilardan biri Qudduslik Said Halfaviy, qarordan xabardor qilinganini va bir necha kun ichida uylarini evakuatsiya qilishlari talab qilinganini aytdi.
Qarorga ko’ra uylarini o’z qo’llari bilan buzishlari kerakligini ifoda etgan Halfaviy, aks holda binoning munitsipalitet tomonidan buzib tashlashi va buzish xarajatlari uchun 2 million shekeldan ortiq pul to’lashlari kerakligini ta’kidladi.
Falastin Axborot Markazi xabariga ko’ra, Halfaviy, uyda yashovchi barcha oilalar litsenziya uchun kerakli hujjatlarni tegishli idoralarga taqdim etgan bo’lsa-da, Isroil munitsipaliteti uni buzishga qaror qilganini ma’lum qildi.
Turar joy aholisining Quddus shahri aholisi tomonidan to’lanadigan 50 ming shekel soliqni muntazam to’lashiga diqqat qaratgan Halfaviy, agar Isroil hukumati va munitsipaliteti buzish qarorini amalga oshirsa, 10 oila boshpanasiz qolishini bildirdi.
Uyining Isroil tomonidan buzilishi xavfi birinchi marta emasligini qayd etgan Halfaviy, 2011 yil va undan oldin ham uylaridan ikkitasi xuddi shu sabab bilan buzib tashlanganini aytdi.
