Isroil prezidenti tarixda ilk bor BAAga tashrif buyurdi

Yakshanba kuni Isroil prezidenti Itzhak Gertsog Birlashgan Arab Amirliklariga birinchi rasmiy tashrif uchun uchib ketdi.
Rasmiy tashrif BAAning amaldagi hukmdori va Abu-Dabi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda. Tashrif davomida Abu-Dabi va Dubayda shahrlariga borishi kutilayotgan Isroil prezidenti BAA valiahd shahzodasi Shayx Abdulloh bin Zoid Ol Nahayon, Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri hamda BAA vitse-prezidenti, Bosh vazir va Dubay amiri Muhammad bin Rashid Al Maktum bilan rasmiy uchrashuvlar o‘tkazadi.
Gertsogning 31-yanvargacha davom etadigan tashrifi 2020-yil sentabr oyida Vashingtonda Isroil tomoni AQShning faol vositachiligida munosabatlarni normallashtirish boʻyicha hujjatlarni imzolagani tufayli mumkin boʻldi. BAA va Bahrayn bilan “Ibrohim kelishuvi” deb nomlanuvchi bu uch tomonlama kelishuvdan oldin arab Isroil faqat Misr va Iordaniya bilan diplomatik munosabatlarga ega edi.
Gertsog tashrifdan oldin bergan bayonotida, «Men oʻzim bilan butun mintaqaga tinchlik xabarini olib kelaman. Tinchlik oʻzi bilan mintaqa xalqlari manfaati uchun farovonlik, taraqqiyot va oʻsishni olib keladi», – deya ta’kidladi.
