Isroil Misrdan Falastin guruhlariga bosim o’tkazishni talab qilmoqda

Isroil Misrdan taranglikni kuchaytirmaslik uchun Falastin guruhlariga bosim o’tkazishni so’radi.
Isroil jamoat televideniyesi (KAN) xabariga ko‘ra, Isroil Milliy xavfsizlik kengashi rahbari Eyal Hulata Misr razvedkasi rahbari Abbos Komil bilan Falastin hududidagi keskinlikning kuchayishini muhokama qilgan.
Uchrashuv Isroil tomonidan Misrni Falastin fraksiyalariga bosim o‘tkazishga va ularni keskinlikning kuchayishidan voz kechishga majburlashga urinishi doirasida bo‘lib o‘tdi, deyiladi xabarda.
Oldinroq Isroil mudofaa vaziri Benni Gants jurnalistlarga bergan intervyusida XAMAS ayni damda keskinlikni istamasligini, biroq Tel-Aviv vaziyat keskinlashishi mumkinligini tan olishini aytgandi.
G‘azo xalqi, jumladan, Xamas va Islomiy Jihod ham “Ramazonni qay holatda o’tkazishni tanlashlari lozim”, deya qo‘shimcha qildi vazir.
Gantz, shuningdek, G’azoga har qanday harbiy harakatlarning oqibatlari ayanchli yakun topishi bilan tahdid qildi.
