Isroil kuchlari 35 falastinlikni hibsga oldi

Isroil kuchlari ishg’ol ostidagi G’arbiy Sohilda uyushtirgan reydlarda 35 nafar Falastinlikni qo’lga olgani haqida xabar berildi.
Mahalliy manbalardan olingan ma’lumotlarga ko’ra, Isroil kuchlari G’arbiy Sohilning turli hududlarida reydlar uyushtirgan.
Bosqinlar chog’ida, asosan, Ramallahdagi Emari Falastinlik qochqinlar lageridan 35 nafar falastinlik qo’lga olindi.
Ishg’ol ostidagi G’arbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi uylarga tez-tez bosqin uyushtirgan Isroil kuchlari, turli iddaolar bilan falastinliklarni qo’lga olmoqda.
Hibsga olingan falastinliklar bir necha kun Isroil qo‘shinlari qo‘lida saqlansa-da, xalqaro hamjamiyat falastinliklarning asossiz hibsga olingani haqida sukut saqlamoqda.
