Isroil falastinliklarga uy qurishga to’sqinlik qilmoqda

Isroil bosib olingan G‘arbiy Sohilda noqonuniy yahudiylar turar joyi bo‘lgan Baytlahmda Falastin uylari qurilishini to‘xtatishni buyurdi.
So’nggi paytlarda Baytlahmda noqonuniy yahudiy aholi punktlari ko’paygan. Shu oy boshida Isroil Mudofaa vazirligi bosib olingan G‘arbiy Sohilda noqonuniy aholi punktlarida 4000 ga yaqin aholi punktlari qurilishini rejalashtirlganini ma’lum qilgan edi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosib olingan Falastin hududlaridagi inson huquqlari bo’yicha sobiq maxsus ma’ruzachisi Maykl Linkning ta’kidlashicha, Isroilning G’arbiy Sohil va G’azo sektori ustidan hukmronligi falastinlik aholining har qanday huquqlarini cheklash va ularni izolyatsiya qilishga qaratilgan.
