Isroil elchixonasini Kiyevdan Lvovga ko‘chirishni rejalashtirmoqda

Isroil mamlakatning Ukrainadagi elchixonasini Kiyevdan Lvovga ko‘chirish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deyiladi yahudiy tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Xabarda aytilishicha, seshanba kuni Isroil Tashqi ishlar vazirligida Kiyev va Moskva o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bir paytda Ukrainadagi vaziyatni baholash uchun yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.
Qayd etilishicha, diplomatik missiya xodimlari zarurat tug‘ilganda elchixonani u yerga ko‘chirish “imkoniyatiga tayyorlanish” uchun Lvovga jo‘nab ketgan.
Vazirlik yana bir bor Ukrainadagi Isroil fuqarolarini imkon qadar tezroq mamlakatni tark etishga chaqirdi.
Bundan avval Qo’shma Shtatlar Ukrainadagi elchixonasini Kiyevdan Lvovga vaqtincha ko’chirilishi haqida xabar bergan edi.
