Isroil Bosh vaziri Bennet Turkiyaga tashrif buyurishi mumkin

Prezident Erdog’an NATO sammitining yakuni bo’yicha jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Erdo’g’an mintaqaviy munosabatlarga bag’ishlangan bayonotida Isroil bilan munosabatlarga ham to’xtalib o’tdi:
«Eng muhim tashriflardan biri Isroil Prezidenti Herzogning tashrifi bo’ldi. Agar Isroil Bosh vaziri Bennet ham tashrif buyursa Turkiya-Isroil munosabatlarida yangi jarayonni boshlashimiz mumkin. Hususan, Falastin masalasida ijobiy natijalarga erishishga ishonamiz.
Bu yerda, albatta, asosiy savol Sharqiy O’rta yer dengizi bilan birgalikda nima qilishimiz mumkinligini hal qilishdir. Ikki tomonlama munosabatlarda birgalikda tashlashimiz mumkin bo’lgan eng muhim qadamlardan biri sifatida tabiiy gaz masalasini yana kun tartibiga olib chiqish mumkin, deb o’ylayman. Ularni baholash uchun tomonlar ma’lum bir sana belgilagandan keyin, avvalo, tashqi ishlar vazirimizni, energetika va tabiiy resurslar vazirini Isroilga yuboramiz”.
