Isroil Bosh vaziri Bennet hukumatning qulashidan xavotirda

Isroil Bosh vaziri Naftali Bennet hukumati tarkibidan yana bir deputat ketganidan keyin bayonot berdi.
Falastinlik deputat hukumatni qo’llab-quvvatlashdan voz kechganidan keyin Bennet boshchiligidagi partiya Knessetda ozchilikka tushib qolgan edi.
Bennetning ta’kidlashicha, ushbu voqeadan keyin Isroilning kelajagi xavf ostida qolgan. Isroil Bosh vaziri xalq birligini saqlash uchun kurashajaklarini bildirdi.
Agar Bennet hukumati qulab tushsa, Isroil yana muddatidan oldin saylovlar o’tkazishga majbur bo’ladi.
