Isroil aviatsiyasi Suriyaning Xoms viloyatiga hujum uyushtirdi

Palmira sharqida uyushtirilgan hujumda bir suriyalik askar va uchta eronlik yonlanma jangchi halok bo’lgan, yana etti kishi yaralangan.
Taxminan mahalliy vaqt bilan 23:34 da, Isroil samoltyotlari Palmira hududidagi aloqa minorasi va uning atrofidagi bir qancha pozitsiyalarni nishonga oldi. Hujum Eronning bir nechta pozitsiyalariga, shu jumladan Palmira sharqidagi T4 aviabazasi yaqinidagi aloqa minorasiga qaratilgan.
Shuningdek, Isroilning yana bir nechta raketalari Suriya havo mudofaa tizimlari tomonidan ushlangan.
Isroilning bir necha kun oldingi hujumida esa ikki eronlik yonlamma askar halok bo’lgan va olti suriyalik askar yaralangan edi.
2011 yilda Suriyada fuqarolar urushi boshlanganidan beri Isroil muntazam ravishda Suriya hukumati qo’shinlariga, shuningdek, Damashq rejimiga ittifoqchi bo’lgan Eron va Livan Hizbulloh kuchlariga havo hujumlarini uyushtirib kelmoqda.
