Isroil askarlari ikki falastinlikni otib o’ldirdi

Isroil tomonidan bosib olingan Iordan daryosining g‘arbiy sohilida ikki qurolsiz falastinlik, jumladan bir o‘smir otib o‘ldirildi, 9 kishi yaralangan holda kasalxonaga yotqizildi.
Isroil harbiylari Nablus shahri sharqidagi Balata qochqinlar lageriga va bosib olingan Sharqiy Quddus shimolidagi Kalendiya qochqinlar lageriga reyd uyushtirdi.
Isroil harbiylari bilan falastinliklar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Harbiylar falastinliklarga qarshi ko’zdan yosh oqizuvchi gaz, plastmassa va haqiqiy o’q-dorilardan foydalangan.
WAFA axborot agentligiga ko‘ra, isroillik harbiylar Balat shahrida 17 yoshli Nodir Rayanni otib o‘ldirgan, yana 3 nafar falastinlik yaralangan.
Oradan biroz vaqt o‘tgach, yana bir falastinlik Kalendiya lagerida isroillik harbiylarning o‘qidan halok bo‘ldi.
Falastin Sog’liqni saqlash vazirligi halok bo’lgan falastinlik Ala Shiham 20 yoshda ekanligini ma’lum qildi. Yana olti nafar falastinlik otishmalar chog’ida yarador bo’ldi.
