Isroil 1948 yildan buyon 172 ming falastinliklar uylarini buzib tashlagan

Tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan hisobotga ko’ra, Isroil ma’muriyati 1948 yilda beri 172,900 falastinliklar uylarini buzib tashlagan va bir million 324 ming aholini Falastin yerlarini tark etishga majbur qilgan. Dunyoning turli burchaklaridan kelgan besh milliondan ziyod yahudiy muhojirlari falastinliklardan majburan tortib olingan yerlarga joylashdilar.

Falastin axborot markazi xabariga ko’ra, 4 -oktabr, dushanba kuni Butunjahon yashash joyi kuni munosabati bilan arabshunoslik uyushmasiga qarashli Tuproqshunoslik markazi press -relizida quyidagi bayonotlar berilgan: «Nakba (Buyuk ofat) yilida Isroil bosqinchilar ma’muriyati 125 ming falastinliklar uylarini vayron qildi va 800 ming falastinlikni ko’chishga majbur qildi. Bu raqam o’sha paytda Falastin aholisining 47 foizini tashkil qilgan. 1948 yilgi ishg’ol paytida falastinliklar qurolli sionistik terror guruhlari tomonidan zo’ravonlik bilan o’z vatanlarini tark etishga majbur bo’lganligi sababli, falastinliklar bu voqeani «Katta falokat» deb nomladilar. Ko’rib chiqilayotgan tadqiqot markazining hisobotida, 1967 yilgi ishg’oldan keyingi davrda, Isroil ma’muriyatining qarorlari bilan, falastinliklarga tegishli bo’lgan 11900 uyning buzib tashlanganiga e’tibor qaratildi. Ulardan 7 ming 440 tasi faqat Sharqiy Quddusda vayron bo’lgan uylardan iborat.

Bosqinchilarning uylarni buzish siyosati 1967 yilgi ishg’oldan beri 73 ming falastinlikni uysiz qoldirdi. Ulardan 47 ming 220 nafari Quddus aholisidir. G’azoda bu ko’rsatkich 21 mingni tashkil etgan. Isroil kuchlari 2012, 2014 va 2021 yillarda olib borgan urushlari paytida va G’azoga qilgan quruqlik va havo hujumlarida 21 ming falastinliklar uylarini vayron qilgan. Bu buzg’unchiliklar natijasida 189 ming falastinlik boshpanasiz qoldi.
