Islom dini asoslari
Islom dini asoslari
Din so’zi arab tilida “itoat”, “Bo’ysunish”, yana qonun, nizom ma’nosida keladi.
Alloh taolo yusuf surasida shunday deydi:
فَبَدَأَ بِأَوْعِيَتِهِمْ قَبْلَ وِعَآءِ أَخِيهِ ثُمَّ ٱسْتَخْرَجَهَا مِن وِعَآءِ أَخِيهِ ۚ كَذَٰلِكَ كِدْنَا لِيُوسُفَ ۖ مَا كَانَ لِيَأْخُذَ أَخَاهُ فِى دِينِ ٱلْمَلِكِ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ ۚ نَرْفَعُ دَرَجَـٰتٍۢ مَّن نَّشَآءُ ۗ وَفَوْقَ كُلِّ ذِى عِلْمٍ عَلِيمٌۭ
76. U inisining idishidan oldin ularning idishlaridan (taftish) boshladi. Soʼngra uni inisining yukidan chiqarib oldi. Shunday qilib, Yusufning foydasiga hiyla qildik. Аgar Аlloh xohlamasa, podshohning dini boʼyicha inisini olib qola olmas edi. Kimni xohlasak, darajalarini koʼtaramiz. Har bir ilm egasi ustidan oʼta biluvchi bor.
(Yusuf surasi 76-oyat.)
Islom diniy istilohda Allohga taslim bo’lish, buyruqlariga itoat qilish deganidir. Islom dini Allohning butun inson va jinlar uchun tanlagan, qonun va nizomidir. Allohga taslim bo’lgan har bir musulmon bu qonunlarga qat’iy rioya qilishi va uni boshqa barcha qonunlardan ustun deb bilishi shartdir. Bu ilohiy qonun inson hayotining ruhiy va jismoniy barcha jabhalarini qamrab oladigan mukammal dindir. Bu din Odam a.s dan tortib Muhammad s.a.v gacha o’tgan barcha payg’ambarlarning dinidir. Islom insonlarni dunyoda ham ,oxiratda ham baxtli hayot kechirishlari uchun kelgan.
Islomda tavhid
Islom dini tavhid asoslari ustiga qurilgan. Tavhid yakkalash degani. Ya’ni: Allohni o’ziga xos bo’lgan barcha sifatlarida ,masalan :ayb va nuqsonlardan pokligida, cheksiz qudrati, ilmi va hikmatida yakkalash, barcha narsalarni yagona yaratuvchisi, barcha borliqning yagona sohibi, mutloq g’olib iroda sohibi deb bilish.Olamdagi Barcha ishlar faqat uning izni bilan bo’ladi. Uni hech narsa ojiz qoldirolmaydi. Hukm qilish, qonun chiqarish faqat unga xosdir. Bandalarning uning hukmidan boshqacha hukm chiqarishlariga haqlari yo’qdir.
Mo’min kishiga eng katta farz bo’lgan narsa Allohni yakkalash bo’lsa, Allohning nazdidagi eng katta gunoh bu Allohga sherikni isbot qilish va Allohni oyatlarini inkor qilib unga kofir bo’lishdir. Allohga shirk keltirish Allohning o’ziga xos bo’lgan sifatlarini Allohdan boshqalarga isbot qilish bilan bo’ladi. Yaratish, mukammallik, benuqsonlik, barcha narsaga qodir bo’lish, g’aybu oshkor barcha narsani bilish, hukm qilish kabi sifatlar faqat Allohga xos bo’lgan sifatlardir. Kimki bu sifatlarni Allohdan boshqalarga isbot qilsa yoki siyosat bilan shariatni orasini ajratsa, yoki Allohni hukmidan boshqasini Allohning hukmidan ustun deb bilsa Allohga shirk keltirib, eng katta gunohni bajargan bo’ladi.
Islom dinining asosiy maqsadlari:
Islom dini 5 ta asosiy maqsadlarni amalga oshirish uchun insonlarga nozil qilingan.
1-dinni saqlash
2-jonni saqlash
3-naslni saqlash
4-aqlni saqlash
5 molni saqlash
1-Dinni saqlash uchun Alloh taolo quyidagi ishlarni bandalariga farz qildi:
Allohni barcha sheriklardan poklash va yakkalash,Ilm olish, shariatni insonlar orasida tatbiq qilish, Allohning qonunlaridan boshqa qonunlar bilan siyosat qiladigan tog’utlarga va kofirlarga qarshi jonni fido qilib bo’lsa ham jang qilish, islomga da’vat qilish, yaxshi ishlarga buyurib,yomonliklardan qaytarish, Allohning shariatini jiddiy qabul qilib,unga beparvolik qilmaslik, islomga qarshi tashlanadigan kofirlarning shubhalarini daf qilish,Alloh uchun yaxshi ko’rish, Alloh uchun yomon ko’rish, namozni to’kis ado qilish,zakotni haqdorlarga berish,ramazon ro’zasini tutish, umrda bir marta bo’lsa ham ka’bani haj qilish va boshqalar.
(toxtab to’xtab ayting)
2-Jonni saqlash uchun esa quyidagilar shariat qilingan:
qotildan qasos olinishi,yoki undan tovon puli olinishi, jonga suyiqasd qilmoqchi bo’lganni daf qilish, qaroqchilarga qarshi muyyan belgilangan jazo, kasallikdan davolanish majburiyati, muztar bo’lib,o’lgudek och qolganda harom narsalarni yeb bo’lsa ham jonni qutqarib qolish, boshqa birovlarning joniga va badaniga tajovuz qilish qat’iyan haromligi, sog’liqqa zarari ko’p bo’lgan narsalarni istemol qilish haromligi, inson uchun zarur bo’lgan yeyish, ichish, kiyim kiyish, maskan kabi narsalarni halol qilinishi va boshqalar
3-Naslni saqlash uchun esa quyidagilar shariat qilingan:
Zino va zinoga olib boradigan nomahramga qarash, ushlash, belgilangan avrat joylarni ochib yurish,ikki nomahram erkak va ayolning xilvat joyda xoli qolishi kabi barcha vositalar harom qilingan. Ayollar ziynatlarini begona erkaklarga ko’rsatishlari , ovozlarini jozibali qilib gapirishlari harom qilingan va badanlarini yashirib turadigan hijob kiyishlari farz qilingan. Ayollarni mahramsiz safarga chiqishlari taqiqlangan. Birovlarning uylariga iznsiz kirish man qilingan. Jinsiy g’arizalarni faqat shar’iy nikoh bilan qondirish farz qilingan. Er-xotin rasman ajrashishlari uchun taloq shariat qilindi. Ayollarga erlaridan ajralganlarida boshqa kimsaga erga tegishlaridan avval,avvalgi erlarining hurmatidan va bachadon pokligidan amin bo’lishlari uchun 3 hayz miqdorida idda tutishlari farz qilingan. Mo’minlarning nomuslariga tuxmat qilganlarga 80 darra jalda jazo berilishi. Bolani boqish, parvarishlash, ularni zararli narsalardan uzoq tutish, ularga nafaqa qilish kabi hukmlar shariat qilib, belgilab qo’yilgan.
4-Aqlni saqlash uchun:
Aqlni ketgazadigan mast qiluvchi ichimliklar,zararli moddalar harom qilingan, aroq ichgan kimsaga jazo sifatida 40 tadan 80 tagacha had uriladi, sof islomiy aqidalarga zid bo’lgan aqlga zararli tushunchalar qat’iyan qoralangan, bunday tushunchalarga qarshi qattiq kurash olib borilgan. Behuda foydasiz ilmlar bilan shug’ullanish, hayosiz film yoki ashula kabi zararli narsalarni ko’rish yoki tinglash harom qilingan.
5-Molni saqlash uchun:
O’g’irlik qilish harom qilingan, o’g’rining qo’li kesiladi, ribo harom qilingan, savdoda aldash, hiyla ishlatish, molning aybini yashirish harom qilingan. Boshqaning molini uning iznini olmasdan ishlatish harom. Molni behuda isrof qilishdan , hali voyaga yetmagan aqlsiz bolalarga otalaridan qolgan katta hajmdagi pullarini ushlatib qo’yishdan qaytarilgan. Meroslarni Allohning o’zi taqsimlab bergan. Miskinlarning haqqi bo’lgan zakot farz qilindi, nafl sadaqalarga chaqirildi. Ota-ona, xotin va bola-chaqaga qilinishi lozim bo’lgan nafaqalarning hukmlari bayon qilindi.
Islom asoslari:
Islom dini 3 ta katta asos ustiga qurilgan va bu asoslarning har-birining o’ziga xos ustunlari bordir.
1-islom
2-iymon
3-ehson
Bu asoslarning har biri haqida alohida-alohida bo’limlarda to’xtalamiz.
islom
- Islom iymon bilan yonma yon aytilganida ,undan zohiriy, yani tashqi islom amallari va zohiran Allohga taslim bo’lish qasd qilinadi. Zohirida islom alomatlarini ko’rsatgan inson,islomini buzuvchi amallarni ko’rsatmaydigan bo’lsa qalbidagi iymoni qande bo’lishidan qat’iy nazar musulmon deb sanalaveradi. Lekin qalbida iymoni bo’lmagan kimsa mo’min deb sanalmaydi.
Islomning 5 ta ustuni bo’lib, bularning barchasi insonni Allohga bo’lgan taslimiyatini isbot qiladi.
Ular:
- Shahodat kalimasini aytish
- Namozni to’kis ado qilish
- Zakotni berish
- Ramazaon ro’zasini tutish
- Qodir bo’lganda haj qilish
Inson shahodat kalimasini aytishi bilan Allohga qulligini, taslim bo’lganini, hukmlariga bo’ysunishini e’lon qiladi. Namoz o’qish bilan badani va qalbi bilan Allohga taslim ekanini isbot qiladi. Zakot berishlik bilan yaxshi ko’rib topgan molida Allohga taslim bo’ladi. Ro’za tutish bilan qorni va shahvatida ham Allohga taslim bo’lganini isbot qiladi. Haj ibodati esa mana shu amallarning barchasini o’zida mujassam qilgan katta ibodat mavsumidir. Unda barcha dunyodagi musulmonlar, qaysi maqom va mansabda bo’lishidan qat’iy nazar bir xil kiyimda, shohu -gado birgalikda Allohga taslim bo’lib, unga labbay deb bir joyga to’planadilar va Robbilariga tavba tazarrular qiladilar.
Shahodat kalimasi أشهد ان لَّآ اِلٰهَ اِلَّا اللهُ وَحْدَہٗ لَاشَرِيْكَ لَہٗ وَاَشْهَدُ اَنَّ مُحَمَّدًا عَبْدُهٗ وَرَسُولُہٗ deb aytiladi. Uning ma’nosi Guvohlik beramanki Allohdan o’zga iloh yo’qdir, uning yolg’iz o’zi haq iloh, uning sherigi yo’q va Muhammad uning quli va elchisidir.
Tavhid kalimasi deb atalgan لا اله الا الله محمد رسول الله kalimasi “Allohdan boshqa iloh yo’q, Muhammad uning elchisidir” degan ma’noni bildiradi. Iloh kalimasi Ma’bud yani unga sig’iniladigan, unga qul bo’linadigan Zot degani. Ya’ni barcha maxluqotlar faqat uning qullaridir.
inson faqat Allohga qul bo’lmog’i , uning hukmlarini boshqa barcha hukmlardan ustun deb bilmog’i lozim. Chunki butun koinotni yagona egasi va yaratuvchisi Allohdir. U insonni yo’qdan bor qildi. Unga lozim bo’lgan barcha ne’matlar bilan taminlab qo’ydi. Quyosh, oy va yulduzlar, yer va undegi barcha mavjudotlar uning kavniy qonunlariga so’zsiz itoat qiladilar. Uning amrlaridan zarracha tashqariga chiqmaydilar.
Inson bu kalimani chin qalbidan aytishi bilan o’zini Allohga qul ekanini e’tirof qiladi, Allohning buyruqlari va qaytariqlariga itoat qilishga ahd qiladi. Zamonamizda armiyaga borgan askarlar, palitsiya xodimlari , tibbiyot do’ktorlari va parlament deputatlari ham o’z ishlarini qasamyod qilish bilan boshlaydilar. Lekin ular yaratgan Allohga itoat va qullik qilishga emas, balki Allohdan boshqa hudolarga,uning hukmlaridan boshqa hukmlarga qul bo’lishga qasamyod qilishadi. Bu esa islomning eng katta asosi xisoblangan tavhid tushunchasiga tubdan teskaridir.
Kimki bu kalimani chin qalbdan xolis aytsa jannatga kiradi.
Rosululloh s.a.v shunday deganlar:
لا إله إلا الله صدقًا من قلبه دخل الجنة من قال
“Kimki sidqidildan la ilaha illalloh desa jannatga kiradi” (Musnad Abu Ya’la)
Boshqa bir rivoyatda
خالصًا من قلبه
“Qalbidan xolis aytsa” deb keladi.
Tavhid kalimasi ikki qismdan iborat bo’lib, uning birinchi qismi لا إله إلا الله ixlos bo’limidir. Ya’ni bandaning har bir ibodatlari Alloh uchun xolis bo’lishi lozimligiga dalolat qiladi. Ikkinchi qismi esa محمد رسول الله ergashish bo’limidir. Ya’ni bandaning har bir ibodatlari Muhammad s.a.v ko’rsatib bergan sunnatga muvofiq bo’lishi shartligini ko’rsatadi.
Bu ikki bo’lim bizga amallarimiz Alloh nazdida qabul bo’lishi uchun 2 shartga muhtoj ekanini ko’rsatadi : 1- ixlos, 2- sunnatga muvofiq bo’lish.
Agar amallarimiz Alloh uchun xolis bo’lmay, bandalar ko’rsin, bandalar maqtasin uchun bo’lsa , bu qilgan amallarimiz Alloh narzdida qabul bo’lmaydi.
Huddi shuningdek agar amallarimiz Muhammad s.a.v ning ko’rsatgan yo’llariga xilof ko’rinishda bo’ladigan bo’lsa ham Alloh nazdida qabul bo’lmaydi va bid’at amal xisoblanadi.
Bu ikki xusus haqida Rosululloh shunday marhamat qilganlar:
قال : قال رسول الله – صلى الله عليه وسلم – : قال الله تبارك وتعالى
: ( أنا أغنى الشركاء عن الشرك ، من عمل عملا أشرك فيه معي غيري تركته وشركه
رواه مسلم
، وفي رواية ابن ماجه
: ( فأنا منه بريء وهو للذي أشرك ) .
Alloh taolo hadisi qudsiyda shunday deydi:”Men sheriklardan eng pok zotman.Kimki bir amal qilsayu,unda menga boshqa kimsani sherik qilsa, men uni ham, amalini ham tark qilaman.” Imom Muslim rivoyat qilgan.
Ibn Mojaning rivoyatida:”Men undan pokman, u amal esa sherik qilingan narsa uchundir”. Deyilgan.
Amallar Rosulullohning ko’rsatmalariga muvofiq bo’lishi shartligi haqida Rosululloh shunday deganlar:
عن أم المؤمنين أم عبدالله عائشة رضي الله عنها قالت: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم
: ((من أحدث في أمرنا هذا ما ليس منه، فهو ردٌّ))
؛ رواه البخاري ومسلمٌ،
“Kimki bu ishimizda,yani islomda unda bo’lmagan narsani yangilik qilsa, u rad qilingandir”
Imom Buxoriy va Muslim rivoyati.
Rosululloh yana shunday deganlar:
خير الحديث كتاب الله، وخير الهدي هدي محمد ﷺ، وشر الأمور محدثاتها، وكل بدعة ضلالة، أخرجه مسلم في صحيحه.
زاد النسائي بإسناد حسن: وكل ضلالة في النار،
” Gaplarning eng yaxshisi Allohning kitobidir. Hidoyatlarning eng yaxshisi Muhammadning hidoyatidir. Dindagi har-bir yangilik zalolatdir.” Imom Muslim rivoyati. Nasoiyning rivoyatida “har-bir zalolat do’zahdadir.” Degan ziyodasi bilan kelgan.
Tavhidning ikki rukni
Tavhid kalimasidan anglashimiz shart bo’lgan yana bir xusus, tavhid kalimasi botilni inkor qilish , haqni isbot qlish va Alloh uchun yaxshi ko’rish, Alloh uchun yomon ko’rish ma’nolarini ham o’z ichiga oladi. “La ilaha” jumlasi bilan Allohdan boshqa barcha ilohlar,ma’budlarni inkor qilamiz. “illalloh” jumlasi bilan haq iloh faqat Alloh deb isbot qilamiz. Bu ikki narsa :inkor va isbot tavhid kalimasining 2 rukni xisoblanadi. Bularsiz bu kalima o’z egasini qutqarib qololmaydi. Har bir musulmon Allohni, payg’ambarlarini, ular olib kelgan dinlarini haq deb isbot qilishi va bularga zid keladigan narsalarni qat’iyan inkor qilishi,ulardan hazar qilishi shartdir. Islom ham to’g’ri boshqa dinlar va tuzumlar ham to’g’ri deydigan kimsalar hech qachon musulmon bo’lolmaydi. Huddi ikki bir-biriga zid bo’lgan narsaning ikovi ham to’g’ri deb qabul qilish mumkin bo’lmaganidek.
Alloh taolo aytadi:
وَلَقَدْ بَعَثْنَا فِي كُلِّ أُمَّةٍ رَّسُولًا أَنِ اعْبُدُوا اللَّهَ وَاجْتَنِبُوا الطَّاغُوتَ
“Darhaqiqat biz har bir ummatga –“Allohga ibodat qilinglar va tog’utdan chetlaninglar”- deb elchi jo’natdik” (Nahl 36)
Oyatdagi tog’utdan murod ilohlik, ibodat qilinishga haqli bo’lish, g’ayb ilmini bilish, benuqsonlik,barcha narsaga qodirlik va qonun,shariat chiqaruvchilik kabi Allohning o’ziga xos bo’lgan sifatlardan birini o’zida da’vo qilgan kishilardir. Oyati karimada Alloh taolo bunday kimsalardan pok va uzoq bo’lib faqat o’ziga ibodat qilishimizga ,faqat uning o’ziga qul bo’lishimizga va barcha Allohdan boshqa tog’utlar chiqargan qonun va shariatlardan hazar qilishimizga bizlarni buyurmoqda. Tog’utni inkor qilish, botilni botil deb bilish tavhid kalimasining ikki ruknidan biridir. Chunki busiz tavhid tavhid deb nomlanmaydi.
فَمَن يَكْفُرْ بِالطَّاغُوتِ وَيُؤْمِن بِاللَّهِ فَقَدِ اسْتَمْسَكَ بِالْعُرْوَةِ الْوُثْقَىٰ لَا انفِصَامَ لَهَا ۗ وَاللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ (256)
“Kimki Tog’utga kofir bo’lsa va Allohga iymon keltirsa darhaqiqat uzilib ketmaydigan ,mustahkam xalqani ushlabti. Alloh barcha narsani eshitguvchi,barcha narsani bilguvchidir”. (Baqara 256)
Oyatdagi mustahkam xalqadan murod la ilaha illallohdir. Demak kimki tog’utga kofir bo’lmasa la ilaha illallohni ushlamagan, unga bo’yin egmagan bo’ladi.
Mo’minlar insonlarni yaxshi ko’rsalar faqat Alloh uchun yaxshi ko’radilar, yomon ko’rsalar ham faqat Alloh uchun yomon ko’radilar. Allohning muhabbatini boshqa barchaning muhabbatidan ustun ko’radilar. Bu iymonning komil nuqtasidir.
Rosululloh s.a.v aytganlar:
ثلاث من كن فيه وجد بهن حلاوة الإيمان: أن يكون الله ورسوله أحب إليه مما سواهما، وأن يحب المرء لا يحبه إلا لله، وأن يكره أن يعود في الكفر بعد أن أنقذه الله منه، كما يكره أن يقذف في النار[1].
“Kimda agar uch xislat topilsa iymonning lazzatini topadi: Alloh va Rosuli unga boshqalardan suyukliroq bo’lishi, bir kishini yaxshi ko’rsa faqat Alloh uchun yaxshi ko’rishi, Alloh qutqarganidan keyin,yana kofirlikka qaytishni Alovga uloqtirilishni yomon ko’rgandek yomon ko’rsa.”
قال رسول صلى الله عليه وسلم لأبي ذر: ((أي عرى الإيمان أوثق؟)) قال: الله ورسوله أعلم، قال: «الموالاة في الله، والمعاداة في الله، والحب في الله، والبغض في الله»1
Rosululloh s.a.v Abu Zardan: “Iymonning qaysi xalqasi eng mustahkam xalqa?” deganida, Abu Zar:”Alloh va rosuli biluvchiroq” deb javob berdi. Rosululloh unga shunday dedi:”Alloh yo’lida do’stlashish, Alloh yo’lida dushman bo’lish,Alloh yaxshi ko’rish, Alloh yo’lida yomon ko’rishdir.” Imom Ahmad rivoyati.
، و قال النبي صلى الله عليه وسلم: «مَنْ أَحَبَّ لِلَّهِ، وَأَبْغَضَ لِلَّهِ، وَأَعْطَى لِلَّهِ، وَمَنَعَ لِلَّهِ؛ فَقَدْ اسْتَكْمَلَ الإِيمَانَ»
Rosululloh yana shunday dedilar:” Kim Alloh uchun yaxshi ko’rsa, Alloh uchun yomon ko’rsa,Alloh uchun bersa,Alloh uchun man qilsa darhaqiqat uning iymoni komil bo’libti.” Abu Dovud va Termiziy rivoyati.
Iymon
- Iymon kalimasining lug’aviy ma’nosi tasdiqlash degani. Lekin shar’iy ma’noda iymon faqat tasdiqlash emas, balki tasdiqlagan narsasi taqozo qilgan narsaga ham qalbida ixlosi,muhabbati,hokisorligi, ulug’lashi,qo’rqishi kabi amallar bilan, tilida uni tasdiqlab,unga zid bo’ladigan so’zlarni so’zlamasligi, qolgan a’zolari bilan unga amal qilishi va buzadigan amallarni qilmasligidir.
Ya’ni qisqa qilib aytganda iymon :qalbda e’tiqod qilish, tilda tasdiqlash va ham botiniy ham zohiriy a’zolar bilan unga amal qilishdir. Faqat tasdiqlab,iymonga amal qilmagan,unga bo’yin egmagan kishi mo’min bo’lolmaydi. Shayton ,fir’avn,yahudiylar va Rosulullohning amakilari Abu Tolib kabi. Bularning barchasi biz iymon keltirgan narsalarni tasdiqlagan lekin unga ergashmagan.
Alloh taolo aytadi:
لَّذِينَ آتَيْنَاهُمُ الْكِتَابَ يَعْرِفُونَهُ كَمَا يَعْرِفُونَ أَبْنَاءَهُمْ ۖ وَإِنَّ فَرِيقًا مِّنْهُمْ لَيَكْتُمُونَ الْحَقَّ وَهُمْ يَعْلَمُونَ (146)
“Biz ularga kitob bergan kimsalar uni (yani Muhammadni) o’z bolalarini taniganidek taniydilar. Ulardan bir toifasi bilib turib haqni yashiradilar.” Baqara 146.
وَجَحَدُوا بِهَا وَاسْتَيْقَنَتْهَا أَنفُسُهُمْ ظُلْمًا وَعُلُوًّا ۚ فَانظُرْ كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الْمُفْسِدِينَ (14)
“Qalblari aniq ishongan xolda zolimlik qilib, takabburlik qilib uni inkor qildilar. Buzg’unchilarning oqibati qande bo’lishiga qarang”. Naml 14.
Agar tasdiqning o’zi iymon uchun kifoya qilganida mana bu kimsalarga ularda bo’lgan tasdiqlari foyda bergan bo’lardi.
Iymonning 6 ta ruknlari
Har bir musulmon,mo’min kimsa manavi oltita narsa va ularga tobe bo’lgan narsalarga iymon keltirgan bo’lishi shart.
1-Allohga
2-farishtalariga
3-kitoblariga
4-payg’ambarlariga
5-oxirat kuniga
6-qazo va qadarga
Allohga iymon keltirish
Mo’minlar unga iymon keltirgan Alloh , haqiqatda bordir,hayotdir va borligi benuqsondir,tug’ilmagan va o’lmaydi, azaliy va abadiydir. barcha narsani Alloh yaratgan va barcha narsaning tanho sohibi Allohdir. Barcha narsani o’zi xoxlaganidek tasarruf qiladi, hich kim uni so’roq qilolmaydi. U adolati benuqson, cheksiz hikmat sohibidir, behikmat ish qilishdan pokdir. U barcha nuqsonlardan pokdir. Bandalarning ibodatlari,iltijolari, hojatlarini so’rab duo qilishlari faqat unga xosdir. U ibodatga loyiq bo’lgan tanho zotdir. Chunki barcha narsaning egasi,barcha narsaning xoliqidir, g’ayb xazinalarining kaliti faqat uning qo’lida, u bo’l desa istagan narsasi bo’ladi. U agar bir bandasiga fazl eshigini ochsa hech kimsa uni yopib qo’yolmaydi. Agar uni yopib qo’ysa hech kimsa uni ocholmaydi. U barcha narsaga qodirdir, hech narsa uni ojiz qoldirolmaydi. Uning bulardan boshqa yana ko’p Qur’on va sunnatda isbotlangan go’zal ism va sifatlari bor. Mo’min kishi bu sifatlarning barchasiga ajratmasdan, kayfiyatiga kirmasdan, maxluqlarning sifatlariga o’xshatmasdan, inkor qilmasdan iymon keltirmog’i lozim.
Alloh taolo aytadi:
(ليس كمِثْلِه شيءٌ وهو السميع البصير)
“U zotga o’xshash biror kimsa yo’q. U zot barcha narsani eshitguvchi va ko’ruvchidir.”
Shuro surasi 11-oyat.
Farishtalarga iymon
Mo’minlar farishtalarga ham iymon keltiradilar. Ular bizga ko’rinmaydigan, nurdan yaratilgan, Allohga osiy bo’lmaydigan solih maxluqotlardir. Hech bir ishlarini Allohning iznisiz bajarmaydilar.Ba’zi farishtalarning ismlari va sifatlari qur’on va sunnatda kelgandir. Ular Allohning buyuk askarlaridir. Alloh ularga katta kuch bergan. Bazan Allohning hikmati taqozosiga ko’ra jismoniy shakllarga ham kira oladilar va insonlar ularni mana shu shakllari bilan ko’ra oladilar. Ularning har-birlarining o’ziga xos vazifalari bor. Ba’zilari payg’ambarlarga vahiy olib tushgan bo’lsa, ba’zilari yomg’irga, ba’zilari tog’larga, ba’zilari shamollarga va bundan boshqa ko’p ishlarga mukallaf qilib qo’yilganlar.
Ular erkaklik va ayollik bilan sifatlanmaydilar, nikohlanmaydilar, nasl qoldirmaydilar, yemaydilar, ichmaydilar, Allohning ibodatidan hich malollanmaydilar. Ularning askari go’zallik,hayo,tartib va nizom, go’zal ishlar va sifatlar bilan sifatlanadilar. Ba’zilari esa qabrda va do’zahda osiylarni azoblash uchun mukallaf qilib qo’yilgandir. Ularning ko’rinishlari qo’rqinchli, osiylarga rahm shafqatsiz ,Allohning buyruqlarini so’zsiz bajaradigan mavjudotlardir.
آمَنَ الرَّسُولُ بِمَا أُنزِلَ إِلَيْهِ مِن رَّبِّهِ وَالْمُؤْمِنُونَ ۚ كُلٌّ آمَنَ بِاللَّهِ وَمَلَائِكَتِهِ وَكُتُبِهِ وَرُسُلِهِ
“Rosul va mo’minlar robbisi tarafidan rosulga nozil qilingan narsaga iymon keltirdi. Ularning barchalari Allohga,farishtalariga,kitoblariga vapayg’ambarlariga iymon keltirdilar.” Baqara 286
Mo’minlar Farishtalar qatori shayton va jinlarning borligiga ham iymon keltiradilar. Alloh ularni alovdan yaratgan. Shayton o’z ixtiyori bilan zalolatni tanladi va insonga ta’zim qilmay,kibrlangan xolida Allohga osiy bo’ldi. Allohdan hidoyat va tavba so’rashni o’rniga inson avlodlarini Allohning yo’lidan adashtirishi uchun To qiyomatgacha unga muhlat berishini so’radi. Alloh unga muhlat berdi.
Uning qiladigan ishlari insonlarni zalolat,uyatsizlik,buzg’unchilik kabi razil ishlarga boshlash, ularga bu ishlarni chiroyli qilib ko’rsatish, oxiratdan g’aflatda qoldirish, dunyo bilan ularni aldab qo’yish, burchlarini ado qilishdan chalg’itish kabi past.xunuk ishlardan iborat.
Jinlar esa huddi insonlar kabi mukallafdirlar. Ularning ichlarida ham musulmon va kofirlari bor. Ular ham do’zah va Jannat bilan mukofotlanadi. Bu jumhur ahli sunnaning e’tiqodidir.
Kitoblarga iymon
Alloh taolo yer yuzida bandalariga chiroyli hayot kechirishlari uchun payg’ambarlar orqali kitoblar nozil qilgan. Bu kitoblarda Allohning buyruq va qaytariqlari, va’dalari va qo’rqitishlari, xush xabarlari va ogohlantirishlari, itoatkor va osiylarning tarixlari va oqibatlari bordir. Bu kitoblar insonlarni zalolat botqoqlaridan nurli hidoyat yo’llariga boshlaydi. Chunki bu kitoblar barcha olamning egasi, yaratuvchisi tarafidan nozil qilingandir. Kimki bu kitoblarni inkor qilsa iymondan chiqadi.
وَمَن يَكْفُرْ بِاللَّهِ وَمَلَائِكَتِهِ وَكُتُبِهِ وَرُسُلِهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَالًا بَعِيدًا (136)
“Kimki Allohga, farishtalariga, kitoblariga,elchilariga va oxirat kuniga kofir bo’lsa, bas juda qattiq adashibti”. Niso 136.
Ulardan kitob va sunnatda ismlari kelgani Muhammad s.a.v ga tushgan Qur’on, Muso a.s ga tushgan Tavrot,Iyso a.s ga tushgan Injil, Dovut a.s ga tushgan Zabur va ibrohim va Musoning sahifalaridir.
Bu kitoblarning eng so’ng nozil qilingani Qur’on bo’lib, o’zidan avvalgi kitoblarning amalini bekor qilgan. Qur’on Allohning kalomidir. Unda 114 ta sura bor. Uning har bir sura va harflariga iymon keltirish vojibdir. Kimki uning biror surasi,yoki oyati yoki harfini inkor qilsa musulmonlarning ijmosi bilan kofir xisoblanadi.
Qur’ondan avvalgi kitoblarni saqlashni u kitoblarni qabul qilgan dindorlarga buyurilgan edi. Lekin ular kitoblarini saqlab qololmadilar.insonlar bu kitoblarni qo’llari bilan o’zgartirib tashladilar, ulardagi haq va botilni ajratishni imkoni qolmadi.
Qur’onni esa to qiyomatgacha saqlanib qolinishi Alloh o’z kafolatiga olgandir va bu Qu’ronning eng katta mo’jizaviy jihatlaridandir. Butun dunyo kofirlari birlashib uni o’zgartirishga harakat qilsalar ham uni o’zgartirolmaydilar. 1400 yil ular bu ishni bajarishlari uchun juda katta muddat bo’lsada, bu tarix mobaynida ular Qur’onni o’zlarining kitoblari kabi o’zgartirishga qodir bo’lolmadilar.
Qur’onga ergashish,uni hayotga tatbiq qilish, uni siyosat va boshqaruvda qonun deb bilish ,tortishuvlarda uni hakam qilish barcha insonlarga vojibdir. U to qiyomatgacha olamni boshqarishda yaroqlilik quvvatini yo’qotmasdan qoladi. Qur’on qonun sifatida bizga kifoyadir. Undan boshqa maxluqlar tarafidan chiqarilgan qonunlarga bizning ehtiyojimiz yo’q.
“Kimki uni bizning zamonga yaramaydi” desa, yoki uni qo’yib boshqa qonunlarni tatbiq qilsa, yoki undan ko’ra boshqasi to’g’riroq deb e’tiqod qilsa shak shubhasiz dindan chiqadi va kofir bo’ladi. Chunki Qur’onni ayblagan kimsa Allohni ayblagan bo’ladi. Qur’onga qanoat qilmagan kimsa Allohga qanoat qilmagan bo’ladi.
وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ تِبْيَانًا لِّكُلِّ شَيْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً وَبُشْرَىٰ لِلْمُسْلِمِينَ (89)
“Barcha narsaga bayon bo’lishi uchun, hidoyat va rahmat va musulmonlarga xushxabar bo’lishi uchun biz sizga bu kitobni nozil qildik.” Nahl 89.
Butun olamni juda puxta va munosib qonunlar bilan yaratgan zot, inson zoti uchun bu dunyoda qanday qonunlar munosib kelishini o’zi yaxshi biladi. Albatta Alloh o’ta hikmatli va adolatli zotdir.
Qur’onni fahmlashdagi ahli sunnaning manhaji : ular Quronni quron bilan, yoki Rosulullohning hadislari bilan, yoki sahoba va tobeinlar va ularga ergashganlarning tafsirlari bilan tafsir qiladilar. Ularning tafsirlaridan o’zlarining tafsirlarini muqaddam qilmaydilar. Chunki sahoba va tobeinlar haqida Alloh va Rosuli chiroyli guvohliklar bergan.
Payg’ambarlarga iymon
Payg’ambarlar Alloh bandalari ichida eng sof tabiatli,sof qalbli, barcha go’zal xulqlarda mukammal, amonatdor, rost so’z insonlardir. Alloh ularni insonlar ichidan tanlab olib,ularni insonlarga o’z tarafidan elchilar qilib yubordi. Ular Allohning qullari va elchilaridir. Ular insonlarga Allohning buyruqlari ,qaytariqlari va xabarlarini amonat bilan yetkazib berdilar. Insonlarni boshqa insonlarga yoki jonli yoki jonsiz maxluqotlarga ibodat qilishdan, olamlarning robbisi bo’lgan Allohning ibodatiga yetakladilar. Shohu gadoni ham,boyu faqirni ham faqat Allohning qonunlariga taslim bo’lishga chaqirdilar.
Ular insoniyatni ijtimoiy buzuqliklar,hayosizliklar, zulm va qallobliklardan qutqarib ularni eng go’zal va oliy xulqlarga olib chiqdilar . jamiyatni isloh qilishda tarixda ularga teng keladigani qayd qilinmagan. Alloh taolo ularni payg’ambarliklarini tasdiqlash uchun turli tuman mo’jizalar bilan qo’llab quvvatladi.
Mo’minlar ularning barchalariga ajratmasdan iymon keltiradilar. Ularning barchalari bitta aslga yani tavhidga va islom aqidasiga chaqirganlar. Islom barcha payg’ambarlarning dinidir.
Alloh taolo payg’ambarlarning ba’zilarini ba’zilaridan Afzal qilgan. Ularning eng afzallari Qur’onda azimat egalari deb nomlanganlari bo’lib, ular :Nuh , Ibrohim,Muso, Iyso va Muhammaddir. Ularning barchasiga Allohning salomi bo’lsin.
Bu beshta ismning va barcha payg’ambarlarning eng afzali esa Muhammad s.a.v dir.
Rosululloh s.a.v shunday deganlar:
عَنْ أَبِي سَعِيدٍ ، قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : ( أَنَا سَيِّدُ وَلَدِ آدَمَ يَوْمَ القِيَامَةِ وَلَا فَخْرَ ، وَبِيَدِي لِوَاءُ الحَمْدِ وَلَا فَخْر َ، وَمَا مِنْ نَبِيٍّ يَوْمَئِذٍ آدَمُ فَمَنْ سِوَاهُ إِلَّا تَحْتَ لِوَائِي ، وَأَنَا أَوَّلُ مَنْ تَنْشَقُّ عَنْهُ الأَرْضُ وَلَا فَخْرَ ) وصححه الألباني
“Men qiyomat kunida Odam bolasining eng afzali bo’laman, buni faxrlanish uchun aytganim yo’q. Maqtov bayro’gi mening qo’limda bo’ladi. Odam va undan boshqa barcha payg’ambarlar mening bayrog’im ostida bo’ladi. Yer unga eng birinchi yoriladigan kishi ham men bo’laman, buni faxrlanish uchun aytganim yo’q.” (Termizi rivoyati, Hadisning asli Sahih Muslimda keladi.)
Payg’ambarlarning sarvari va eng so’ngisi Muhammad s.a.v dir. Alloh u zotga Qur’onni nozil qildi. U kishining olib kelgan shariati o’tgan barcha payg’ambarlarning shariatlariga hokim bo’lgan, ularni nasx qilgan va to qiyomatgacha boqiy qoladigan mukammal shariatdir. U zotdan keyin payg’ambarlik va vahiyni da’vo qilgan barcha kimsalar yolg’onchi kazzobdirlar.
Alloh u zotni uyg’oq xolida,bir kechada masjidi harom ya’ni ka’badan masjidi aqsoga safar qildirib, so’ngra samoga ko’tardi. U yerda yetti qavat osmonni, ulardegi narsalarni ko’rdi, o’tgan payg’ambarlar bilan ko’rishdi. Yetti qavat samoning ustida Alloh bilan bevosita gaplashdi. Alloh bu kechada u zot va ummatlariga besh vaqt namozni farz qildi.
Avliyolar va karomatlar
“Avliyo” arab tilidagi “va’liy” ya’ni do’st so’zining ko’plik korinishidir. Har-bir taqvodor, solih kimsa Allohning do’sti va valiysi xisoblanadi. Allohning do’sti bo’lish biror bir xalq,yoki irq,yoki nasabga xoslab qo’yilmagan. Balki har-bir taqvodor inson Allohning valiysi, do’sti bo’lishi mumkin.
Alloh taolo aytadi:
أَلَا إِنَّ أَوْلِيَاءَ اللَّهِ لَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ،
“Ogoh bo’linki, Allohning do’stlariga (u kunda) xavf yo’qdir va ular mahzun bo’lmaydilar.”
So’ng bu do’stlarining kimligini o’zi shunday tanishtiradi:
الَّذِينَ آمَنُوا وَكَانُوا يَتَّقُونَ
“Ular iymon keltirgan va taqvo qilgan kimsalardir.”
Yunus 62-63
Karomat esa odatdan tashqari bo’lgan mo’jizalarga o’xshash hodisalardir.
Mo’minlar Allohning do’stlariga Allohning fazli bilan ko’rinadigan karomatlarni tasdiqlaydilar. Lekin har-bir odatdan tashqari ko’ringan hodisalarni karomat deb atamaydilar. Agar bunday g’ayri oddiy ishlar shariatga amal qiladigan,taqvodor, solih kishilardan sodir bo’lsa uni karomat deb biladilar. Agar bunday ishlar taqvosiz, fosiq kohinlardan ko’rinsa uni karomat deb aytishmaydi , balki bu ishlar shaytonlarning hiyla va makrlaridan bir makri deb bilinadi.
Karomatni solih inson sehrgarlarga o’xshab o’zi xoxlagan paytida ko’rsatishga qodir emas, balki karomat Allohning fazlidir, o’zi xoxlagan bandasiga beradi.
Sahobalarning barchasi adolatli,solih kimsalardir. Ular bu ummatning eng adolatli kimsalaridir. Ularni ehtirom qilish, yaxshilik bilan eslash, ularni yaxshi ko’rish din va iymondir. Ularni yomon ko’rish, haqorat qilish kufr va nifoqdir.
Ularning eng afzali Abu bakr siddiq, so’ng Umar, song Usmon so’ng Ali roziyallohu anhumlardir.
Shuningdek Rosulullohning ahli oilalarini va ayollarini hurmat ehtirom qilish, ayollarini mo’minlarning onalari deb bilish din va iymondandir.
Yana qiyomatgacha keladigan sunnat va jamoatga ergashgan islom ulamolarini ehtirom qilish, ularni yaxshi ko’rish ham iymondandir.
Shu bilan birga mo’minlar biror kishi yoki imomni muqaddas deb sanamaydilar, ma’sum deb bilamydilar.Ma’sumlik,xatosizlik faqat Alloh va rosuliga xosdir. Ularning bu boradagi qoidalari: “Har-bir kimsa xató va to’g’ri gapirishi mumkin, lekin Rosululloh s.a.v ni xató va gunohdan Alloh saqlab qo’ygan.”
Yana Alloh taolo bu ummatni ham xató va zalolatga jamlanib qolishlaridan asrab qo’ygan. Islom ummati hech-qachon zalolatga jamlanmaydilar. Rosulullohning ummatlaridan bir toifa qiyomatgacha haq ustida zohir bo’ladi. Zolimlarning zulmi, malomatchilarning malomati ularni haq yo’llaridan to’xtatib qololmaydi.
Oxirat kuniga iymon
Oxirat kuni insonlar o’lganlaridan keyin qabrlaridan qayta tiriladigan kundir. U kunda Alloh barcha yerdagi maxluqotlarni xisob qilish uchun bir joyga to’playdi.
Oxiratga iymon keltirish rukni ostiga yana :o’limdan keyingi xodisalar, qabr azobi va rohati, qiyomat soati oldidan ko’rinadigan qiyomatning katta va kichik alomatlari, surge birinchi marta nafxa urilishida butun mavjudotlarni jonlari chiqishi va ikkinchi bor chalinishida barcha jonzotlarning qayta tirilib chiqishi, mahshargohga to’planishlari, Payg’ambarimizning va boshqa payg’ambarlarning shafoat qilishlari, ular qatori shahidlar,siddiqlar va solihlarning ham shafoat qilish sharafiga ega bo’lishlar, amal daftarlarining samoda uchib yurishi va egalariga tarqatilishi, amallar unda o’lchanadigan tarozular, Jannat va do’zah orasida o’rnatilgan sirot ko’prigi, Rosulullohning havzlari kabi mo’minlar jannatga, kofir va osiylar jahannamga kirgungacha bo’ladigan xodisalar hamda undan keyin bo’ladigan xolatlar haqida sahih manba’larda kelgan barcha xabarlarga iymon keltirish ham kiradi. Jannatda mo’minlar Allohni o’z ko’zlari bilan ko’rishlari ham mana shu haqiqatlardan biridir.
Qiyomat soati qachon bo’lishini Allohdan boshqa hech kimsa bilmaydi. Lekin uning yaqinlashib qolganini bildirish uchun undan avval katta va kichik alomatlarni qilib qo’ygan. Bu alomatlardan ba’zilari Dajjolning chiqishi, Iyso a.s ning samodan tushishi va Dajjolni o’ldirishi, Ya’juj va Ma’juj nomli o’ta ochko’z maxluqotlarni chiqishi, yer yuzida 3 ta katta-katta yer yutishlari bo’lishi va quyoshning teskari tarafdan chiqishidir kabilardir.
Qadarga iymon keltirish
Alloh taolo mavjudotlarni yaratishidan avval barcha bo’ladigan hodisalarni o’zining mukammal ilmi bilan yozib ,belgilab qo’ygan. Allohning shu narsalarni belgilab qo’yishi qadar deb aytiladi.
bo’ladigan barcha yaxshiyu yomon ishlar Allohning qadari va irodasi bilan bo’ladi. Alloh taolo barcha bo’lgan va bo’ladigan narsalarni ham, bo’lmagan narsalarni agar bo’lganida qanday bo’lishini ham bilgan. U zot barcha narsaga qodir, barcha narsadan xabardor bo’lgan zotdir.
وَخَلَقَ كُلَّ شَيْءٍ فَقَدَّرَهُ تَقْدِيرًا (2)
“Alloh barcha narsani yaratib,unga taqdir belgilab qo’ydi.” Furqon 2.
قُل لَّن يُصِيبَنَا إِلَّا مَا كَتَبَ اللَّهُ لَنَا هُوَ مَوْلَانَا ۚ وَعَلَى اللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُؤْمِنُونَ (51)
“Ayting ey Muhammad: Bizga faqat Alloh yozib qo’ygan narsa yetadi. U zot bizning xojamizdir.Mo’minlar faqat Allohga tavakkul qilsinlar.” Tavba 51
Qadar ilmidagi 4 martaba:
Qadarga iymon keltirish 4 tort martabaga iymon keltirish bilan amalga oshadi:
1-Allohning ilmi.
Alloh taolo barcha narsani bilguvchi zot, hech narsa uning ilmidan chiqib ketolmaydi. Alloh maxluqotlarning rizqlari,amallari,gaplari, harakatlari va sukunatlarini hamda ularning qaysi birlari baxtli bo’ladiyu, yana qaysilari baxtsiz bo’ladi, bularning barchalarini Alloh azaliy va abadiy bo’lgan beqiyos ilmi bilan bilgan.
إِنَّ اللَّهَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ (115)
“Albatta Alloh barcha narsani bilguvchidir” Tavba 115
2-Allohning barcha narsani yozib,bitib qo’yganligi.
Alloh taolo maxluqotlarni yaratishidan avval kelajakda bo’ladigan barcha narsalarni lavhul mahfuzga yozib qo’ygan. Alloh taolo aytadi:
وَكُلَّ شَيْءٍ أَحْصَيْنَاهُ فِي إِمَامٍ مُّبِينٍ (12)
“Biz barcha narsalarni ochiq bir kitobda hisoblab qo’ydik”. Yasin 12.
Rosululloh s.a.v aytadilar:
أولُ ما خلق اللهُ القلمُ فقال له: اكتبْ فقال: يا ربِّ وما أكتبُ؟ قال: اكتب القدرَ ما هو كائنٌ من ذلك إلى قيامِ الساعةِ.
“Alloh taolo eng birinchi qalamni yaratib, unga “yoz” deydi. Qalam :”nimani yozay ey robbim?” Alloh unga:” qadarni, qiyomat soatigacha bo’ladigan narsalarni yoz deydi.”
Abu Dovud rivoyati.
- Barcha narsani Allohning irodasi bilan bo’lishi.
Borliqda bo’layatgan barcha narsalar Allohning izni va irodasi bilan bo’lmoqda.Alloh xoxlagan bandalarini o’zining fazli bilan hidoyatga yo’llaydi, xoxlagan bandalarini hikmati va adolati bilan adashtiradi. Alloh taoloni hech kimsa so’roq qilolmaydi, balki Alloh bandalarini hisob kitob qiladi. Allohning hoxish irodasi o’tkirdir, nimani xoxlasa bo’ladi, nimani xoxlamasa bo’lmaydi. Hech narsa Allohning irodasidan chiqib ketolmaydi.
- Barcha narsani Allohning o’zi yaratishi.
Mo’min kishi barcha narsaning yaratuvchisi Alloh ekaniga iymon keltiradi. Undan boshqa yaratuvchi yo’qdir. Har-bir amal qiluvchini ham, uning amalini ham yaratuvchisi Allohdir.
وَخَلَقَ كُلَّ شَيْءٍ فَقَدَّرَهُ تَقْدِيرًا (2)
“Alloh barcha narsani yaratib,unga taqdir belgilab qo’ydi.” Furqon 2.
وَاللَّهُ خَلَقَكُمْ وَمَا تَعْمَلُونَ (96)
“Alloh sizlarni ham,qilyatgan ishlaringizni ham yaratuvchisidir.” Soffat 96
Demak biz barcha narsani paydo bo’lishidan avval Alloh bilgan , qadarga yozib qo’ygan, o’zi xoxlagan va yaratgan deb bilamiz.
Qadar mavzusidagi yana qo’shimcha qoidalar:
- Qoida :
Allohning xoxishi ,irodasi qur’on va sunnatdagi hujjatlar orqali ikki xil talqin qilingan:
Birinchisi: Allohning kavniy irodasi. Bu Allohning azaldan belgilab qo’ygan qadaridir. Avval aytilganidek hech bir narsa bu irodadan chiqib ketolmaydi.
Ikkinchisi: shar’iy irodasi. Bu Alloh taolo shariatida bizdan xoxlagan narsalaridir. Allohning bu irodasini amalga oshirishimizda Alloh bizga ixtiyor berib qo’ygan. Alloh taolo bizni mana shu shar’iy irodasiga itoat qilganimiz yoki osiylik qilganimiz bilan xisob kitob qiladi.
Allohga yomonlik nisbatlanmaydi. Allohning barcha ishlari yaxshilikdir.
2-qoida: insonda ixtiyoriy va majburiy amallari mavjud. Majburiy ishlarida insonga savob yo’ki gunoh yozilmaydi. Savob va gunoh insonning faqat ixtiyorida bo’lgan ishlarda bo’ladi.
Inson muayyan bir zamonda, muayyan ota-onadan,muayyan makonda, muayyan rang va hajmda tug’ilishi bilan gunohkor bo’lmaydi, chunki bu ishlar inson toqatidan tashqari bo’lgan ,majburiy Allohning irodalaridir.
Inson faqat namoz o’qishi, yoki o’qimasligi, insonlarga yaxshilik qilishi yoki ularga zulm qilishi, ibodatlarda tirishqoq bo’lishi yoki dangasalik qilishi kabi ixtiyoriy amallaridan xisob kitob qilinadi. Alloh taolo aytadi:
لَا يُكَلِّفُ اللَّهُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا ۚ لَهَا مَا كَسَبَتْ وَعَلَيْهَا مَا اكْتَسَبَتْ ۗ
“Alloh hech bir nafsni toqatidan tashqari narsaga mukallaf qilmaydi. Har-bir nafsning (yaxshilikdan) qilgan narsasi o’zining foydasigadir, va (yomonlikdan) qilgan narsasi ham o’zining zararigadir.” Baqara 286.
3-qoida: Alloh taolo mukammal adolatli zotdir, uning barcha ishlari adolat, hikmat va rahmatdir. U zot hech kimga zulm qilmaydi.
4-qoida: Allohning qilgan ishlarini sarxisob qilguvchi yo’qdir, balki Alloh bandalarini saxisob qiladi.
5-qoida kimgaki bir yaxshilik kelsa u Allohning fazli va rahmatidandir. Kimgaki yomonlik yetsa u uning yomon amallari sababibandir.
6-qoida: inson qilgan yaxshi amallari bilan jannatga kirolmaydi, balki Allohning fazli va rahmati bilan jannatga kiradi. Ya’ni insonning amallari xisoblansa Allohning unga bergan kichik bir ne’matini haqqiga ham teng kelolmaydi. Bas shunday ekan banda har qancha amal qilmasin uning amallari jannatni sotib olish uchun aslida kifoya qilmaydi. Lekin insonning yaxshi amallari Allohning fazli unga tushib, Allohning fazli bilan jannatga kirishiga sabab bo’ladi.
Demak mo’min kishi boshiga yetgan dunyoviy musibatlarga qayg’urmaydi,ortiqcha g’am chekmaydi, barcha narsa Alloh tarafidan, Allohning irodasi bilan bo’ladi deb biladi va unga bitilgan Allohning taqdiriga rozi bo’ladi. Agar ixtiyori bilan bir gunoh qilib qo’ysa unga hafa bo’ladi, afsuslanib , tavba tazarrular qiladi. Agar unga biror xursandchilik kelsa, uni o’zining mehnati yoki mahorati bilan keldi deb faxrlanib, o’zidan ketib qolmaydi, har bir rizqni Alloh tarafidan keladi deb biladi va bu nemat uchun Allohga shukurlar aytadi.
Bu masalalarda yanada kengroq ma’lumotga ega bo’lish uchun kerakli manbalarga muroja’at qilinishini taklif qilamiz.
Ehson
Ehson lug’atda: yomonlik qilishning teskarisidir.
Shar’iy istilohda ikki ma’noda keladi:
- Xoliqqa nisbatan ehsonda bo’lish.
bu Rosululloh aytganlaridek “Banda Allohni ko’rib turgandek Allohga ibodat qilish, agar unga qodir bo’lmasa Alloh uni ko’rib turibti deb ibodat qilishidir.”
Ehson dinning eng oliy darajasi bo’lib, Banda Allohni huddi ko’rib turganidek, undan qo’rqib, haybatga tushib, hokisorlik bilan ibodat qilishidir. Agar bu darajaga qodir bo’lmasa unda ixlos darajasiga amal qilsin. Ixlos darajasi Alloh meni kuzatib turibdi deb ibodat qilishdir.
Allohni kuzatib turganini his qilgan kishi Allohdan hayo qiladi, unga osiy bo’lishdan qo’rqadi.
Ba’zi salaflar aytganki:”Senga qarab turuvchilarning eng qadrsizi Alloh bo’lib qolishidan qo’rq.”
Yana boshqalari shunday degan:” Allohdan Allohning senga qodir bo’lishi miqdoricha qo’rq, undan uning senga yaqinligi miqdorichalik hayo qil.”
Ehsoni yoki ixlosi bo’lgan har bir musulmon Allohning ko’rsatmalariga hech kim ko’rmaydigan yerlarda ham amal qiladi. Qaytariqlaridan xilvat joylarda ham hazar qiladi.
Haqiqiy Musulmonlarni qonunga rioya qilishlari uchun ularni doim kuzatib turadigan kameralar o’rnatilishi, josuslar tayinlanishi shart bo’lmaydi. Bunday tartib nizomga xaligacha boshqa millatlar erisha olmagan.
Ehsonning ikkinchi ma’nosi:
- Maxluqlarga nisbatan ehsonli bo’lish. Maxluqlarga foydali bo’lgan narsalarni ularga qizg’anmaslik, ularga nisbatan sahiy,karamli bo’lishlikdir.
Alloh taolo aytadi:
إِنَّ اللّهَ يَأْمُرُ بِالْعَدْلِ وَالإِحْسَانِ وَإِيتَاء ذِي الْقُرْبَى وَيَنْهَى عَنِ الْفَحْشَاء وَالْمُنكَرِ وَالْبَغْيِ يَعِظُكُمْ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ
[النَّحل:90].
“Alloh taolo adolatga, ehsonga, qarindoshlarga nafaqa qilishga buyuradi. Buzuq va munkar ishlar hamda haddan oshishdan qaytaradi. Shoyad eslatma olsangiz.”
Rosululloh s a.v ehsonga chorlab shunday deganlar:
((إنَّ الله كتب الإحْسَان على كلِّ شيء، فإذا قتلتم فأحسنوا القِتْلَة، وإذا ذبحتم فأحسنوا الذَّبح، وليُحِدَّ أحدكم شَفْرَتَه، فليُرح ذبيحته ))
“Alloh taolo barcha ishlarda ehsonni farz qilib qo’ygan, agar o’ldirsanglar o’ldirishni chiroyli qiling, agar hayvon so’ysangiz so’yishni chiroyli qiling. So’ymoqchi bo’lgan biringiz pichog’ini o’tkirlab olsin va so’yib turgan hayvonini rohatlantirsin.”
Ali r.a yuqoridagi oyat haqida shunday deydi:”Adolat insofdir, Ehson fazl ko’rsatishdir.”
Ibn Qoyyim rohimahulloh ehson haqida shunday deydi:” u iymonning mag’zi, ruhi va kamolidir. Bu manzilat iymonning barcha manzilatlarini o’zida jamlaydi.”
Yuqorida aytilgan narsalarga qo’shimcha islomdagi yana boshqa asosiy tushunchalar:
1-Payg’ambarning yo’lida bo’lgan musulmonlarning dinlarida hujjat sifatida qarashadigan asosiy manba’lari Qur’on, sunnat va salafi solihning ijmolaridir. Qur’onda kelgan har bir so’zlar, va rosulullohdan sahih xabarlar bilan kelgan har-bir hadislar barcha musulmonlar uchun shariat va qonundir. Qur’on va sunnatda kelgan barcha xabarlarni ajratmasdan qabul qilish barcha musulmonlarga vojibdir.
2-Qur’on va sunnatni eng avvalo Qur’on va sunnat bilan, so’ngra salafi solihning fahmi bilan, so’ngra ularning yo’llaridan chiqmagan islom olimlarining fahmi bilan tushunamiz. O’zimizning fahmimizni ularning fahmidan muqaddam qilmaymiz.
3-Din asoslarining barchasini Rosululloh s.a.v bizga bayon qilib ketganlar. Rosulullohdan keyin hech bir kimsa unga yangi asoslarni qo’sha olmaydi.
4-Mo’min kimsa Qur’on va sunnatga to’la taslim bo’ladi. Ularning so’zlariga na bir qiyos bilan, na bir aql bilan, na bir da’vo bilan,na bir shayhning yoki ustozning gaplari bilan qarshi chiqmaydi. Qur’on va sunnatni barcha gaplardan ustun va muqaddam deb biladi. Maxluqqa itoat qilish bilan Allohga osiy bo’lmaydi.
5-Sog’lom aql , yoki haqiqiy fan hech qachon sahih sobit bo’lgan shar’iy dalillarga teskari chiqmaydi. Agar oralarida teskarilik bordek tuyulsa shariat hujjatlari aqlda muqaddam qilinadi. Chunki inson aqli noqisdir. Uning qarorlari tez-tez o’zgarib turadi.
6-Jihod va hijrat to qiyomatgacha boqiydir. Jihod islomning eng oliy cho’qqisidir. Amru ma’ruf, nahiy anil munkar , yani odamlarni yaxshilikka buyurib, yomonliklardan qaytarish islomning eng katta shiorlaridandir. Islom mana shu narsalar bilan to qiyomatgacha saqlanib qoladi.
7-islom shariati bilan hukm qiladigan xalifalarga itoat qilish, ularga qarshi chiqmaslik, ularning orqasida haj va jihod qilish, namozlarda ularga iqtido qilish har bir musulmonga vojibdir. Allohning ma’siyatiga chaqirmas ekan, Musulmonlar o’z xalifalariga itoat qilishni vojib deb bilishadi. lekin Allohning ma’siyatida maxluqqa itoat qilish yo’q.
8-Musulmonlar mol-dunyo uchun , yoki johiliy irqchilik sababi bilan bir-birlari bilan o’zaro jang qilishlari qat’iyan man qilingan gunohi kabiralardandir.
9-Mo’minlar nafs tarbiyasi va qalbni har-xil yomon kasalliklardan poklashga katta e’tibor qaratishadi. Doimo Allohni zikri bilan Qalb va tillarini obod qiladilar. Riyokorlik , hasad, kibr, g’urur, g’aflat kabi illatlardan Qalblarini ehtiyot qilishadi.
10-Allohning ism va sifatlarini o’rganib Allohni ko’proq tanishga haris bo’ladilar. Chunki Allohni tanigan insonning Allohga bo’lgan muhabbati, uni ulug’lashi ,undan qo’rqishi,unga ixlosi yanada ziyoda bo’ladi. Ular Alloh har-doim Allohdan rahmatini umid qilib,azobidan qo’rqib yashaydilar. Hech qachon noumid ham, xotirjam ham bo’lmaydilar. Balki shuning orasida yuradilar.
11- Mo’minlar xristianlar kabi tarki dunyo qilib,Alloh ularga halol qilib bergan narsalarni o’zlariga harom qilmaydilar. Balki dunyo va oxiratlariga foydali ishlarda Alloh ularga halol qilib bergan ne’matlaridan foydalanishadi. Alloh ularga bergan nafs, shahvat, yeyish, ichish, lazatlanish, yaxshi ko’rish va yomon ko’rish kabi g’arizalarini halol yo’llarga sarflab,bu xislardan o’z o’rnida foydalanadilar. Lekin Alloh ularga yuklagan vazifalarni ado qilishdan to’sib qo’yadigan darajada dunyoga berilib ketmaydilar, isrofgarchilik va g’aflatda qolishdan ehtiyot bo’lishadi.
12-Allohning yerdagi maxluqotlariga chiroyli muomalada bo’ladilar. Ularga bekordan zarar bermaydilar. Haqlariga tajovuz qilmaydilar.
Biz bu lavhalarimizda islomning asl mag’zi bo’lgan islom fundamentlari haqida qisqacha suhbat qildik. Kelgusi lavhalarimizda islomning inson hayotiga qanday tasir o’tkazishi haqida, islom bu olamga nimalarni taqdim qilgani haqida suhbatlashamiz insha ALLOH.
