Islom Amirligiga muholif afg’on yetakchilari Turkiyada yig’ilishdi

Afg’oniston Islom Amirligi boshqaruviga qarshi bo’lgan qo’mondonlar Turkiya poytaxti Anqarada to’planishdi.
Uchrashuv 17 may oqshomida harbiy qo‘mondon Abdurrashid Do‘stumning Anqaradagi qarorgohida bo‘lib o‘tgan.
Yig‘ilishda qatnashganlarning ism-shariflari quyidagicha e’lon qilindi:
– Abdurrashid Do’stum
– Muhammad Muhakkik
– Abdurrasul Sayyaf
– Amir Hazrati Ali
– Atta Muhammad Nur
– Mir Rahmon Rahmoniy
– Muhammad Salim Olmos
– Ismoilxonning vakillari
– Saladin Rabboniyning vakillari
– Zaynab Mazoriy
– Ruhoniy Do’st
– Masuma Havoriy
– Abdulhadiy Argandival
– Abdullatif Padram
– Ahmad Vali Masud
Yunus Kanuniy va Ahmad Ziyo Masud uchrashuvda onlayn ishtirok etdi. Uchrashuvda 40 dan ortiq siyosiy va harbiy arboblar ishtirok etgani ma’lum qilindi. Yig’ilishda Afg’oniston boshqaruviga qarshi qo’yilishi kerak bo’lgan qadamlar muvofiqlashtirilganligi, 7 soat davom etgan yig’ilish yakunida mamlakatda markazlashmagan parlament tizimini o’rnatishga qaror qilingani bildirildi. Yig’ilishga qatnashgan ismlar ham Ahmad Masudning “Milliy qarshilik jabhasi”ni qo’llab-quvvatlaganliklarini ma’lum qildilar.
E’tiborlisi, Turkiya oxirgi paytlarda Afg‘onistondagi Islom Amirligi boshqaruviga qarshi chiqqanlar markaziga aylangan.
So‘z yuritilayotgan rahbarlar Tolibonning Afg‘onistondagi olg‘a siljishini ushlab turolmadi va Hindiston, Pokiston, Tojikiston va Turkiya kabi davlatlardan boshpana topdi.


