IShIDdan Suriya hukumat kuchlariga hujum

Britaniyada joylashgan Suriya Inson Huquqlari tashkiloti Suriya sharqida IShID tomonidan uyushtirilgan deb taxmin qilingan hujumda Bashar Asad rejimi kuchlarining kamida 6 askari halok bo’lganini ma’lum qildi.
Ma’lumki, 2019 yilda Suriyada hukmronligini butunlay yo’qotgan IShID endi Rejim kuchlariga qarshi partizan hujumlarini davom ettirmoqda. IShID Suriya sharqida aholi kam yashaydigan va nazorat qilish qiyin bo’lgan hududlarda Asad rejimi va Eron uchun kurashayotgan shia jangarilarini nishonga olmoqda.
Eslatib o’tamiz, Asad rejimi so’nggi oylarda Suriyadagi falastinlik qochqinlardan Suriyaning sharqini nazorat qilish uchun oylik 30 dollar maosh oladigan qo’riqchi kuchlarini tuzgan.