IShID Afg’onistondagi shialar masjidiga uyushtirilgan navbatdagi portlashni ham o’z zimmasiga oldi

IShID Afg’oniston janubidagi Qandahor viloyatidagi shialar masjidiga uyushtirilgan portlash uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oldi.
Tashkilotning «Amak agentligi» tarqatgan bayonotda, Qandahordagi masjid hujumini tashkilotning «Enes Xurosoniy» va «Abu Ali al Baluchiy» ismli ikki a’zosi uyushtirgani bildirilgan.
Shuningdek,bayonotda masjid kiraverishida qo’riqchilar bilan to’qnashuvdan so’ng, ikki xudkush terrorchi ibodat joyiga kirib, ustidagi portlovchi qurilmani ishga solgani aytilgan.
Mahalliy manbalarga ko’ra, IShID javobgarlikni o’z zimmasiga olgan masjidga uyushtirilgan hujumda kamida 60 kishi halok bo’lgan va ko’plab odamlar yaralangan.
O’tgan hafta tashkilot Afg’oniston shimolidagi Qunduz viloyatidagi masjidni nishonga olgan edi va ushbu hujumda 50 dan ortiq tinch aholi halok bo’lgandi.
