Iroqda parlament saylovlari oldidan muddatidan avval ovoz berish o’tkazildi

Iroqda muddatidan oldin ovoz berish davom etmoqda, chunki 25 million saylovchilar parlament saylovlarida qatnashishi kerak.
Shu bois havfsizlik kuchlari, mahbuslar va ichki ishlar hodimlari yakshanba kungi umumiy saylovlardan ikki kun oldin ovoz berishdi.
Iroqliklar 2003 yilda Amerika Qo’shma Shtatlari boshchiligidagi uzoq yillik rahbar Saddam Husayn taxtdan ag’darilganidan beri beshinchi ovoz berish orqali yangi parlamentni saylashi kerak.
Saylovda parlamentdagi jami 329 o’rin uchun ovoz beriladi. Bu holatni 2022 yildan 2019 yil oxirida boshlangan yoshlar boshchiligidagi demokratiya norozilik namoyishlariga imtiyoz sifatida qarash mumkin.
Ammo ko’plab saylovchilar Iroqning 40 million aholisining intilishlarini qondira olmagan korruptsiya va samarasiz boshqaruvdan g’azablangan paytda, ularning 60 foizi 25 yoshdan kichik bo’lganlar, saylovlardan chetda qolishlari kutilmoqda.

Saylovchilarning ishtiroki 2018 yilda qayd etilgan 44,5 foizdan past bo’lishi mumkin degan havotirlar ham bor.
«Ovoz berish nimani o’zgartiradi? Hech narsa. Xuddi o’sha odamlar, avvalgidek, keyin ham boshqaradilar.”, – dedi IShID (IShID) qurolli guruhiga qarshi kurashda vayron bo’lgan Mosul shahrida yashovchi Naktal Aziz Al .
Musul universiteti Siyosatshunoslik kolleji professori Mahmud Ezzoning aytishicha, «Aholi o’rtasida saylovlarga qarshi boykotga chaqiriqlar ko’p. Buning asosiy sabablaridan birinchisi, 2005 yildan buyon parlamentni nazorat qilib kelgan eski partiyalardan norozi odamlarning ko’pligi bo’lsa, ikkinchisi – hukumatning uy -joyidan, biznesidan va hayotidan mahrum bo’lganlarga tovon puli to’lay olmaganligidardir.
25 milliondan ortiq fuqaro ovoz berish huquqiga ega, lekin chet elda yashovchi fuqarolar bundan mustasno. Saylovchilar ovoz berishning to’liq elektron shakli deb hisoblangan biometrik kartani taqdim etishlari kerak. Biroq, ba’zilari kartalarni olmagan va rasmiylar ularni hisobdan chiqarib tashlamaslik uchun choralar ko’rilganini aytishmoqda.
Mamlakat bo’ylab juma kuni erta ovoz berishga bag’ishlangan 600 ta saylov uchastkalari o’z faoliyatini boshladi.Bu saylov iroqliklar uchun ko’p narsani anglatadi, ayniqsa 2019 yilgi norozilik namoyishlarining asosiy talabi ham aynan parlament kursisida yangi nomlarni ko’rish edi. Yangi saylov qonuni parlamentga mustaqil nomzodlar ko’proq bo’lishiga imkon beradi.

Saylovlarda qatnashayotgan 3240 dan ortiq nomzodlarning 950 nafari ayollar.
Ta’kidlash joizki parlamentdagi o’rinlarning to’rtdan biri ayol nomzodlarga, to’qqiztasi esa nasroniylar va yazidiylar uchun ajratilgan.
Bu yilgi saylovlar Iroqni 18 emas, 83 okrugga bo’linadigan yangi isloh qilingan saylov qonuni asosida o’tkazilmoqda.
Ma’lumki so’nggi yillarda , aniqrog’i Saddam Husayn hukumati ag’darilgandan keyin Iroqni asosan shiya guruhlari boshqarib kelmoqda. Ammo yangi saylovlarda oz bo’lishiga qaramay sunniy arab va kurd guruhlari yetakchilari ham o’z nomzodlarini ilgari surishgan.
