Ilhom Aliyev: “ Eron Armaniston bilan 30 yil davomida giyohvand moddalarni kontrabanda qilishda hamkorlik qilgan”.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning Eronning giyohvand moddalar kontrabandasi uchun Armanistonga yordam qilayotgani haqidagi bayonotlariga Tehrondan e’tiroz keldi.
Eron Tashqi ishlar vakili Xatipzodaning so’zlariga ko’ra, Aliyevning da’volari asossiz.

Ilhom Aliyev videokonferensiya orqali qatnashgan Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi sammitida : “Armaniston Eron bilan yashirincha Tog’li Qorabog’ urushi paytida ozod qilingan Ozarbayjon Respublikasining sobiq bosib olingan hududlaridan foydalangan holda 30 yil davomida Yevropaga giyohvand moddalar tashib kelgan”, deya ta’kidlagan.
Eron Milliy Xavfsizlik Oliy Kengashi kotibi Ali Shamxoniy ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida tarqatgan xabarida, Ozarbayjon Prezidentining Eronga qarshi haqiqiy bo’lmagan da’volari haqida ogohlantirdi:
«Qo’shnichilik printsiplari va talablariga e’tibor bermaslik, konstruktiv bo’lmagan va yolg’on da’volarga xayrixohlik qilishlik yaxshi niyat va ehtiyot chorasi emas.»
Shamxoniy, shuningdek, «Jahon hamjamiyati tomonidan giyohvandlikka qarshi kurashda qahramon sifatida tan olingan mamlakatni ayblash bilan Ozarbayjon tomoni faqat o’zini obro’sizlantiraiholos», deya fikr bildirgan.
