Ikki alohida bosh vazir paydo bo’lgan Liviyada yangi inqiroz eshik oldidami?

Kecha Tobrukdagi parlament rahbari Akila Solih parlament tomonidan Fathi Boshaganing Liviya yangi bosh vaziri etib tayinlanganini e’lon qildi.
Boshaganing Bosh vazir etib tayinlanishi mamlakatdagi munozaralarni avj oldirdi.
Sobiq ichki ishlar vaziri Boshag’a bosh vazirligini e’lon qilar ekan, Tripolida joylashgan Milliy birlik hukumati Bosh vaziri Abdulhamid Dibayba o’z lavozimidan ketmaganligini ta’kidladi.
Birlashg’an Millatlar Tashkiloti o’tish jarayonida Dibaybani bosh vazir sifatida tan olganliklarini qayd etdi.
Misr tomonidan qilingan bayonotda Boshaganing saylanishi uchun dastak berildi. Mamlakatda Tobrukdagi hukumat va general Xalifa Xaftarni qo’llab-quvvatlovchi xalqaro partiyalar Boshog’ani Bosh vazir lavozimiga qabul qilishi taxmin qilinmoqda.
Tobruk parlamenti Dibaybani mamlakatda saylov o‘tkaza olmaganlikda ayblab, yangi bosh vazir saylashga qaror qilgan edi. Dibayba esa o’z o’rnini faqat saylov orqali kelgan odamga qoldirishini bildirmoqda.
Mamlakatda BMT boshchiligidagi siyosiy tashabbuslardan so’ng o’t ochishni to’xtatish va o’tish davri boshlandi. Biroq so‘nggi o‘zgarishlar bilan birga, ayniqsa Tripoli va uning atrofida bo‘linishlarning kuchayishi va to‘qnashuvlarning qayta boshlanishidan xavotirlar bor.
