Idlibdagi to’qnashuvlar tobora keskin tus olmoqda

Bugun Idlib shimolidagi Sarmada shahri va Bab al-Hava yo‘li atrofi Rossiya va Eron qo‘llab-quvvatlaydigan Asad rejimi kuchlari tomonidan bombordimon qilindi. Manbalarning xabar berishicha hujumlar lazer yordamida boshqariladigan Krasnopol snaryadlari orqali amalga oshirilgan. Bombardimon oqibatida Bab al-Hava hududida joylashgan zavodda yong‘in sodir bo‘ldi.
Bundan tashqari Asad rejimi va Rus harbiy kuchlari tomonidan og‘ir artilleriya yordamida uyushtirilgan hujumlar oqibatida Sarmada shahridagi tinch aholi vakillaridan 10 ga yaqini halok bo’lgan va ko’plab yaradorlar mavjud.
Bunga javoban Halab g’arbida Asad rejimiga qarshi muholif kuchlarining snayperchilari Mayzanas jabhasida bir nechta suriyalik askarlarni nishonga olgan. Shuningdek muholifat kuchlari Idlib janubidagi Maarat an-No‘mon va Kafar Ruma mintaqalarida joylashgan Asad jangarilarining himoya nuqtalarini og‘ir artilleriya bilan o’qqa tutdi. Rejim kuchlarining talofatlari haqida hozircha rasmiy ma’lumot tarqatilmagan bo’lsada, mahalliy manbalarda halok beshga yaqin askarlar o’ldirilgani haqida ma’lumotlar tarqatildi.
