Idlibda Turkiya qurolli kuchlariga hujum uyushtirildi

Turkiya Qurolli Kuchlarining harbiy karvoni Suriya shimolidagi Idlib viloyatida hujumga uchradi.
Mahalliy manbalardan olingan ma’lumotlarga ko’ra, Idlib shahar markazining shimolidagi Maret Misrin shahrida Turk Qurolli Kuchlari karvoni yaqinlashishiga minalangan avtomobil portlatib yuborilgan.
Suriyadan xabar bergan manbalarga ko’ra, hujumda 2 turk askari hayotdan ko’z yumgan, 5 askar jarohatlangan.
Hozircha Turkiya rasmiylari hujum haqida rasmiy bayonot bermadi.
Ilgari ham Idlibda turk askarlarini nishonga olgan hujumlarni uyushtirgan «Ansar Abu Bakir as-Siddiq Seriyesi» guruhi hujum uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oldi.
