Idlib: Suriya muxolifati shay holatda

Rossiya va Bashar Asad rejimining Suriya janubidagi hujumlari tobora ortib borayotgani tufayli muxolif guruhlar hushyor bo’lib qolishdi.
Mintaqadan xabar beruvchi manbalardan olingan ma’lumotlarga ko’ra, Rossiya va Asad rejimining Idlib janubidagi Jabal Zaviya mintaqasiga qarshi bombardimonlari kuchaygani sababli qurolli muxolifat guruhlari o’z choralarini kuchaytirdi.
Hozirgi kunda Idlibni nazorat qiluvchi Tahrir ash-Sham jamoatiga qarashli Al-Fathul Mubin guruhi a’zolari so’nggi paytlarda ko’payib borayotgan hujumlar sababli Rossiya va Rejim tarafidan quruqlikdagi operatsiyalar boshlanishiga qarshi o’z tayyorgarliklarini tezlashtirdilar.
Oxirgi paytlarda Rossiya tomonidan Idlibning qishloq joylaridagi mintaqalarga qarshi amalga oshirilgan havo va quruqlik hujumlari mintaqaga qarshi yangi quruqlik operatsiyasiyalari boshlanishining muqaddimasi bo’lishi taxmin qilinmoqda.