Idlib: Asad kuchlarining hujumlariga muholifat snayperchilarining javobi

Asad kuchlarining besh a’zosi bugun, yakshanba kuni, muholifat harbiylaring mergan bo’linmalari tomonidan o’ldirildi.
Mazkur amaliyot Idlibning janubiy qismidagi Al-Burayj qishlog’ida amalga oshirildi.
Bungacha Asad kuchlari Hamaning g’arbiy chekkasidagi Al-Gab tekisligi hududidagi Kalidin va Qohira shaharlarini og’ir artilleriya bilan nishonga olish bilan birga Jabal az-Zaviyadagi Al-Bara shahri atrofini ham o’qqa tutgan edi.
Ta’kidlash joizki, so’nggi paytlarda Idlibning janubiy hududlari hamda Hamaning g’arbiy qishloqlari Rossiya harbiy samolyotlarining vaqti -vaqti bilan uyushtirayotgan havo hujumlari bilan bir qatorda, Asad kuchlari va ularni qo’llab -quvvatlovchi Eron jangarilari tomonidan quruqlikdan amalga oshirilayotgan hujumlaridan zarar ko’rmoqda. Muholif qo’shinlari esa rejim kuchlarini og’ir artelleriyadan o’qqa tutish bilan birga, snayperchi bo’linmalarining mahsus amaliyotlari bilan javob qaytarmoqdalar.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidentlari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Rossiya prezidenti Vladimir Putin tinchlikni saqlash zarurligi haqidagi bayonotiga qaramay, Asad kuchlari Rossiya va Turkiya o‘rtasida tuzilgan sulh bitimini buzishda davom etmoqda.
