Honoboddagi masjid portlashidan bir kun o’tib IShID javobgarlikni o’z bo’yniga oldi

Xalqaro ekspertlar va siyosiy sharhlovchilar Honobod viloyatidagi shialar masjidining portlatilishi Tolibon uchun orqadan urilgan pichoq deya baholashmoqda. Qunduz shahrida sodir etilgan teraktni IShID o’z zimmasiga olgan. Terrorchilar o’z bayonotlarida ushbu qo’poruvchilik harakati qunduzliklar o’z vaqtida IShID hujumchilarini o’ldirganliklari uchun olingan qasos ekanligini aytib o’tishgan.
Eslatib o’tamiz kecha 8 oktyabr juma kuni Honobod viloyatining Qunduz shahrida joylashgan shialar masjidida juma hutbasi chog’ida sodir etilgan portlashda IShID vakillaridan biri ham halok bo’lgan. Olingan so’nggi ma’lumotlarga halok bo’lganlarning umumiy soni 50 dan oshgan. Deyarli shuncha jabrlanganlar turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
