Hindistondagi chaqmoq: Bir kunda 38 kishi halok bo’ldi

Kecha yashin urishi sababli Hindistonnig Uttar-Pradesh va Rajaston shtatlarida 38 kishi vafot etgani e’lon qilindi.
Ushbu o’limlarning 20 tasi Rajaston shtatida, 18 tasi Uttar-Pradesh shtatida sodir bo’lgan.
Rasmiy bayonotga ko’ra, Rajastondagi Amber qal’asida suratga tushayotganda 11 kishilik guruhni chaqmoq urdi. Ushbu voqeada butun guruh o’z hayotlarini yo’qotdilar. Rajastonning boshqa hududlarida yashin urishi natijasida 9 kishi halok bo’ldi.
Uttar-Pradesh shtatida kecha yashin urishi natijasida jami 18 kishi halok bo’lganligi e’lon qilindi.
Hindiston bo’ylab har yili o’rtacha 2 ming kishi chaqmoq chaqishi natijasida vafot etadi. Ushbu o’limlarning aksariyati iyun-sentyabr oylariga to’g’ri keladi.