Hindistonda hijob taqiqlari davom etmoqda

Hindistonning Karnataka shtatida musulmon talabalar uchun ro‘mol o‘rash taqiqi davom etmoqda.
Mahalliy manbalardan olingan ma’lumotlarga ko’ra, Karnataka shtatining ko’plab mintaqalarida ro’mol o’ragan musulmon talabalar maktablarga kirishlari taqiqlangan.
Hukumat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan roʻmol oʻrash taqiqi bir muncha vaqtdan beri Karnataka shtatida musulmonlar va radikal hindu toʻdalari oʻrtasidagi ziddiyatni kuchaytirdi.
Kecha shtatda namoyishga chiqqan musulmon talaba qizlarni himoya qilayotgan bir guruh musulmon erkaklar ularga tosh va tayoqlar bilan hujum qilgan radikal hindular bilan to’qnash keldi.
Hindistonda radikal hindular va turli fikr yetakchilari islomga qarshi chiqishlari bilan o’rtadagi ziddiyatni yanada kuchaytirmoqdalar. Bu chiqishlarning barchasi mamlakat hukumati tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda.
