Hindistonda fermerlarning g’alabasi: bahsli dehqonchilikka doir qonunlar bekor qilindi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi mamlakatdagi fermerlarning noroziliklari tufayli qishloq xo’jaligiga oid uchta bahsli qonunni bekor qilishini e’lon qildi.
Qishloq xoʻjaligiga oid ushbu qonunlar 2020-yil sentabr oyidan beri mazkur sohada monopoliyaga olib kelishi va kichik ishlab chiqaruvchilarni yirik ishlab chiqaruvchilar oldida zaif qoldirishi sababli hind fermerlari tomonidan qattiq tanqid qilinayotgandi.
Ushbu qonunlarni bekor qilish haqidagi xalqqa murojaatida Modi bu qonunlar aslida kichik ishlab chiqaruvchilarni ham himoya qilishga qaratilganligini aytdi.
Biroq u qonunlar to‘g‘ri tushunilmaganini iddao qilib, umummilliy munosabat tufayli bekor qilinganini e’lon qildi.
Bu qaror Hindistonda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jadal bo‘lgan muhim shtatlarda o‘tkaziladigan saylovlar oldidan qabul qilingani va e’lon qilingani e’tiborga molik edi.
Tarixan qishloq xo’jaligida boy salohiyatga ega geografiya sifatida tanilgan Hindiston iqtisodiyotining 17% 3 trillion dollardan ortig’ sarmoyalar qishloq xo’jaligiga asoslangan.
Bu Hindistonni qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy hajmi bo’yicha Xitoydan keyin dunyodagi ikkinchi yirik davlatga aylantiradi. AQSh bu reytingda uchinchi o’rinda.
