Hasan al Banno kim?
U 1906 – yil 14 – oktyabrda Misrning Buhayra viloyatidagi Mahmudiya shahrida tug’ilgan.
Uning otasi, «Alfathul robbaniy li tartibul Musnadil imom Ahmad» asarining muallifi, u soat ishlab chiqarish bilan pul topardi shu sabablik soatiy degan laqab olgan, ismi Abdurrahmon al-Banno.
Birinchi ta’lim
Boshlang’ich ta’limni otasidan olgan Hasan sakkiz yoshida Mahmudiyadagi «Madrasatur-roshidid-diyniyya» klassik ta’limiga o’qishga kirdi. Bu yerda u Qur’onning bir qismini yod oldi va arabcha adabiyot va nahuvni ilmini o’qidi. Madrasa mudiri shayx Muhammad Zahron uni ustida chuqur iz qoldirgani bilinib turadi.
Bu odam ketganidan so’ng, u zamonaviy ta’lim beradigan «al-Madrasatul-idodiya» ga o’qishga kirdi, bir tarafdan qur’on yodlashni davom ettirdi. Misr hukumati idodiylarni yopganidan so’ng, Buhayroning markazi Damanxur shahridagi boshlang’ich maktabga ko’chib o’tdi. Bu orada u hali idodiyada bo’lgan vaqtida kirgan ‘Jamiyyatul-ahloqiy-adabiyya» va «Jamiyyatu-man’il muharramot» kabi tashkilotlarda qatnashdi va uning ruhiy ozuqasida katta foydali ta’sir ko’rsatgan Hassafiylik tariqoti bo’lgan Shayx Abdulvahhob al-Hassafiyga qo’shildi.
Shunday qilib, u sunnatga asoslangan dinamik da’vat tushunchasiga ega bo’lgan so’fiylar bilan munosabatlarini chuqurlashtirdi. Keyinchalik u Mahmudiyada «Jamiyyatul Hassafiyya al-Xoyriyya» va «Ashhubbanul Muslimin» ni tashkil etish tashabbuschisi bo’ldi.
Ijtimoiy hizmatlari
Damanxurda boshlang’ich maktabni tugatgandan so’ng Qohiraga borgan Hasan al-Banno 1927 – yil may oyida «Kichik Azhar» deb nomlangan Darululumga o’qishga kirdi. U talabalik chog’ida bir tomondan o’zining darslari va boshqa ilmiy faoliyati bilan o’zini chiniqtirishga urindi va bir tomondan Qohiraga oilasi bilan ko’chib kelgan otasiga soat ta’mirida yordam berdi.
Ayni paytda, Angliya mustamlakasi Misrni moddiy va ma’naviy jihatdan qulatganini ko’rib, ushbu vaziyatga nimadur qilish kerak deb uringan Hasan, davrning taniqli olimlari bilan bog’lanib, o’zining tinimsiz sa’y-harakatlari natijasida, u Azhar shayxlaridan biri bo’lgan Muhammad Sa’d, ular orasida Yusuf al-Dikviy, Abdulaziz Chavish va Muhammad Roshid kabi ko’p olimlarni bir oraga to’play oldi.
Darululumda talabalik yillarida u o’z faoliyatini davom ettirdi va bu orada masjidlar va kofexonalarda yig’ilishlar tashkil qilib ba’zi olimlarni u erda ma’ruzalar o’qishga sharoit yaratdi. O’zi ham ko’plab ma’ruzalar qildi. O’qishni tugatganidan so’ng u chet elga ta’lim olish uchun borishni rejalashtirgan bo’lsa-da, o’qituvchi sifatida ishlashga qaror qildi. Ammo, u kutganidan farqli o’laroq, u Qohiraga emas, Ismoiliyaga ishga tayinlandi. Mahmudiya va Damanxurdan keyin Qohirada o’tkazgan yillari Hasan al-Bannoga Misr jamiyati va islom dunyosi tushib qolgan vaziyatni anglab yetishiga sabab bo’ldi.
Musulmon birodarlar tashkiloti (ixvanul muslimin)
Hasan al-Banno Ismoiliyada davat ishlaridan to’xtamadi; Shuningdek, u bir yil davomida masjidlar va kofexonalarda ma’ruzalar qilib atrofiga ko’plab odamlarni yig’di. Va nihoyat, 1928 – yil mart oyida uning uyida uchrashgan bir guruh odamlar bilan Islom uchun yashash va o’lishga qasamyot qilib, Ixvanul Muslimin (Musulmon Birodarlar) tashkilotining asoslarini qo’ydi.
1932 – yilgacha Ismoiliyada olib borilgan islomiy da’vat tadqiqotlari xalqning turli qatlamlariga, xususan ulamolarga, diniy mazhab shayxlariga va ba’zi jamiyatlargacha yetkazildi. Ushbu to’rt yillik davr «Ixvanul Muslimin» harakatining kelajakdagi bosqichlari nuqtai nazaridan juda samarali bo’ldi va bu orada Qohirada faoliyat yuritadigan «Jamiyyatu tahzibul Islam» deb nomlangan yoshlar tashkiloti ham Ixvonul Musliminning g’oyalari va asarlaridan ta’sirlangan Ixvonul Musliminga qo’shildi.
1932 – yilda Qohiraga tashrif buyurgan Hasan al-Banno Ixvonul Muslimin bilan bog’liq katta o’zgarishlarga guvoh bo’ladi va natijada tashkilotning bosh qarorgohini Qohiraga ko’chiradi. Shu tariqa Ismoiliyada uylangan rafiqasi va bolalari bilan Qohiraga qaytib kelgan Hasan al-Banno ko’p vaqtini Ixvonul Muslimin faoliyati bilan bir qatorda o’qituvchilikka ham bag’ishladi.
Bir yildan kamroq vaqt ichida u tezlik bilan Qohirada tashkilotini kengaytirdi. Tashkilot tomonidan o’g’il va qiz bolalar uchun maktablar ochish hamda Ismoiliyada masjid va markazlar ochish tashabbusini amalga oshirdi. Xuddi shu tezlik bilan faoliyat doirasida mahalliy shahar va Shebrahitdagi fabrika, Mahmudiydagi to’qimachilik va gilam fabrikasi, tafsir va hadis o’qitadigan madrasa tashkil etildi va yoshlarga o’qish va ishlash uchun imkoniyatlar yaratildi. Ixvonul Musliminning Hasan al-Banno tomonidan rejalashtirilgan va olib borilgan faoliyat dasturlari diniy, ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy va sport sohalarida samarali bo’lgan va tashkilot hamjamiyati Misr xalqi uchun muvozanatli va adolatli jamiyat namunasini yaratmoqchi edi.
Angliya nashrlari
II. Jahon urushi paytida inglizlarning xohishlariga binoan kelgan hukumatlar Ixvonul Musliminga bosim o’tkaza boshladilar va ular Hasan al-Banno va uning yetakchi do’stlarini ko’p marta hibsga oldilar. Misrdagi mustamlakachilikdan xalos bo’lish uchun 1945 yil 8 oktyabrda bo’lib o’tgan umumiy yig’ilishda qayta va butun umrga boshliq etib saylangan Hasan al-Banno tomonidan Angliyaga qarshi jihod e’lon qilinishi Nukrasiy hukumatining Ixvanul Musliminga bosimini kuchayishiga baxona bo’ldi.
Biroq, Ixvanul Muslimin bu bosimlar oldida tik turdi va hatto Falastin masalasi bilan shug’ullanishni boshladi. 1947 – yil 12 – dekabrda Hasan al-Banno boshchiligidagi namoyishchilarning katta guruhi Azxordan boshlanib norozilik marshini uyushtirdi. 1948 – yil 6 – mayda Ixvanul Muslimin tashkiliy qo’mitasi Misr va boshqa arab mamlakatlaridan yahudiylarga qarshi jihod e’lon qilishni so’radi.
O’limi
Hasan al-Banno ko’plab tarafdorlarini jihodga qatnashish uchun Falastinga yuborganida, Nukrasiy hukumati tashkilotni noqonuniy deb e’lon qilib, 1949 – yil 12 – yanvarda butunlay yopdi. Shundan so’ng Hasan al-Banno asoschilar safida bo’lgan Shubbonul-Musliminda ish boshladi. Biroq, 1949 yil 12-fevral dushanba kuni kechqurun ushbu tashkilotning markazidan uyiga qaytayotganida, mashinadan otilgan o’q yomg’ri natijasida jiddiy jarohat olgan va olib borilgan kasalxonada vafot etgan. Hukumat ushbu suiqasddagi rolini yashirish uchun ommaviy axborot vositalariga qattiq tsenzurani joriy qildi, ammo 1952 – yilda qayta boshlangan tergov va sud jarayoni natijasida maxfiy politsiya tashkilotining uch a’zosi aybdor deb topildi va o’q uzgan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
Uning o’limidan keyin Ixvanul Muslimin
Hasan al-Banno o’ldirilgandan so’ng, Ixvanul Muslimin harakati ba’zi mo»tadil va ba’zi faol tarafdorlar tomonidan davom ettirildi.
Mo»tadil strategiya guruhining eng ko’zga ko’ringan vakili, kuyovi bo’lgan Hasan al-Bannoning g’oyalarini va aksincha kutish siyosatiga asoslangan yondashuvini Islom olamiga tarqatgan Sayd Ramazondir.
Yanada samarali kurashni qo’llab-quvvatlovchi guruh Hasan al-Bannoning yana bir vorisi Solih Ashmavi boshchiligida Ixvan harakatini davom ettirdi. Ashmavining bu g’oyalari ad-Da’va jurnalida ifoda etildi. Hasan al-Bannadon keyin Ixvanul Muslimning eng nufuzli shaxslaridan biri bo’lgan Sayyid Qutb bu harakatga 1951 – yilda qo’shilgan va uning asarlari 1990 yillarga qadar turli islomiy harakatlarga chuqur ta’sir ko’rsatgan. Sayid Qutb tarkibiga Abdulqodir Udeh va suriyalik Mustafo as-Sibay, Muhammad al-G’azzoliydan tashkil topgan olimlar va mutafakkirlar kiradi. Hasan al-Bannoning Islomdagi ijtimoiy adolat ta’limotidan ta’sirlangan va Shu nuqtai nazardan yozilgan asarlar ko’plab musulmonlar tomonidan kuzatilgan.
Yozgan asarlari: 1. «Muzakkirotud da’va va da’iya» Unda Hasan al-Bannoning 1942 – yilgacha bo’lgan xotiralari va ushbu xotiralar munosabati bilan bildirilgan g’oyalari mavjud. Ikki qismdan iborat bo’lgan asarning birinchi qismi o’z hayotidan iborat bo’lib, ikkinchi qismi Ixvanul Muslimin tashkilotining tashkil topishi va rivojlanishi haqida. 2. «Majmu’atu rosail li-imam Ash-shahid Ḥasan al-Banno» Bu turli davrlarda yozilgan sakkizta risolalar to’plamidir. Ushbu risolalar u o’zining asosiy g’oyalari doirasida Ixvanul Musliminning maqsadlari, usullari va maqsadlari to’g’risidagi qarorlarini tushuntirib beradigan qo’lyozmalardir. Oxirgi marta jurnalning 1988 – yilda Iskandariyada nashr etilgan ko’plab nashrlari mavjud.
Hasan al-Bannoning Ixvanul Muslimin tashkilotining rasmiy matbuot organlari bo’lgan Majallatu-İxvanul-muslimin, Jaridatu-İxvanul-muslimin, an-Naẕir va Majallatu ash-shihab kabi gazeta va jurnallardagi maqolalari. mavjud.
Muallif: Global Tahlil Nashriyoti
Alloh rozi bo’lsin.
Iltimos o’zbek mujohid amirlari haqida ham ma’lumot bersangiz.
Assalomu alaykum hurmatli kuzatuvchi! Insha Alloh yaqin kunlarda o’zbek buyuk insonlar haqida ham malumotlar keladi.