Hamas Asad rejimi bilan munosabatlarni tiklashga tayyorlanmoqda

Falastin Islomiy Qarshilik Harakati (Hamas) 10 yillik keskinlikdan so‘ng Asad rejimi bilan munosabatlarini tiklashga tayyorlanmoqda.
Ikki Hamas rasmiysi Reuters agentligiga Suriyadagi ichki urushda muxolifatga qilgan muomalasi tufayli Asad bilan aloqalarini zaiflashtirishga qaror qilgan Hamas 10 yildan keyin Asad rejimi bilan aloqalarini tiklashga tayyorlanayotganini aytdi.
Hamasning ismini oshkor qilishni istamagan rasmiysi, tomonlar munosabatlarni yaxshilash borasida fikr almashganini va oliy darajadagi delegatsiyalar ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazilganini bildirdi.
Xamasning bir necha yillardan beri rejim bilan munosabatlarini yaxshilashga intilayotgani va bunga Eron dastaklagan Livanning Hizbulloh guruhi vositachilik qilgani bildirildi.
Asad rejimi bu borada hozircha izoh bermadi.
Ekspertlar fikriga ko’ra, Eron Xamasning muxolifatni qo’llab-quvvatlash g’oyalariga qarshi edi. Bu yo‘nalishda Eron va HAMAS o‘rtasida keskinlik yuzaga keldi va muxolifat vaqt o‘tishi bilan kuchini yo‘qotgach, HAMAS o‘z qo‘llab-quvvatlovini olib tashlagach, ikkalasi o‘rtasidagi muzlar erib ketdi.
