Guantanamodagi mahbuslardan biri Saudiya Arabistoniga yuboriladi

2002 yildan beri Guantanamoda saqlanayotgan Muhammad al-Qahtoniy Saudiya Arabistoniga yuboriladi.
2001-yil dekabrida Pokiston kuchlari tomonidan qoʻlga olingan va AQShga topshirilgan Al-Qahtoniy “Al-Qoida”ga aʼzolikda ayblanib, Guantanamoga tashlangan va qiynoqqa solingan.
Kecha AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, mahbuslarning ahvolini muhokama qilgan kengash Qahtoniyning Saudiya Arabistoniga o’tkazilishiga qaror qilgani qayd etildi.
Qahtoniy mart oyida Saudiya Arabistoniga yuborilishi aytilgan edi. Mahbuslarga nisbatan yomon muomalasi bilan tanilgan Saudiya Arabistonida Qahtoniyga nisbatan qonunbuzarliklar davom etishidan xavotirlar bor.
Qahtoniyning Guatanamoda muolaja va qiynoqlar tufayli uning ruhiy salomatligi jiddiy ravishda yomonlashgani va davolanishga muhtojligi bildirildi.
