Guantanamodagi mahbus Qahtoniy Saudiya Arabistoniga topshirildi

Ta’kidlanishicha, 2002 yildan beri Guantanamoda saqlanayotgan Muhammad al-Qahtoniy Saudiya Arabistoniga yuborilgan.
2001-yil dekabrida Pokiston kuchlari tomonidan qoʻlga olingan va AQShga topshirilgan Al-Qahtoniy “Al-Qoida”ga aʼzolikda ayblanib, Guantanamoga tashlangan va qiynoqqa solingan.
AQSh mudofaa vazirligi kechagi bayonotida fevral oyida qabul qilingan mahsus qarorga asosan Qahtoniyning Saudiya Arabistoniga samolyot bilan yuborilganini ma’lum qildi.
Qahtoniyning Saudiya Arabistoniga ko‘chirilishi bilan Guantanamoda jami 38 mahbus qoldi.
Qahtoniyning Guatanamoda muolaja va qiynoqlar tufayli uning ruhiy salomatligi jiddiy ravishda yomonlashgani va davolanishga muhtojligi bildirildi.
Shunga qaramay mahbuslarga nisbatan yomon muomalasi bilan tanilgan Saudiya Arabistonida Qahtoniyga nisbatan qonunbuzarliklar davom etishidan xavotirlar bor.
