Guantanamoda 14 yil sudsiz saqlanayotgan Afg’onistonlik mahbus ozod qilinadi

14 yil Guantanamoda sudsiz saqlanayotgan afg’onistonlik mahbus Asadulla Xorun Gul ozod etilishi ma’lum qilindi.
Gulning advokatini qabul qilgan nodavlat tashkilotining bayonotida, Gulni ozod qilishga qaror qilinganligi qayd etilgan. Shunga ko’ra, afg’onistonlik mahbus sud jarayonidan so’ng qo’yib yuboriladi.
Asadulla Xorun Gul ozod qilinganidan keyin o’z mamlakatiga yuboriladimi yoki uchinchi davlatga topshiriladimi, noma’lum. Aytilishicha, Gul bilan birga asli Yamanlik Saned Ali al-Kazimiy ham ozod qilinadi. Ikkala ismning e’lon qilinishi bilan Guantanamoda 37 mahbus qoladi.
Bundan oldin Afg’onistonda Tolibon Guantanamoda ushlab turilgan oxirgi ikki afg’on mahbusini bir muddat ozod qilishga urinishgan edi. Gul ozod qilinganidan so’ng, asli afg’onistonlik Muhammad Rahim Hakmal qamoqxonadagi oxirgi afg’onistonlik mahbus bo’lib qoladi.
2007 yilda Afg’oniston sharqida tungi reydda hibsga olingan, «Al -Qoida» va «Hizbi Islom» ga aloqador deb gumon qilingan, lekin 2007 yildan buyon rasmiy ayblov va sudlovsiz qamoqda saqlanayotgan Asadulla AQSh tomonidan inson huquqlarining buzilishi borasidagi eng yorqin namunalaridan biridir.

Guantanamoning afg’on asiri, qiynoqlar va shafqatsizlik bilan tanilgan qamoqxonada hech qanday ayblovsiz, noqonuniy tarzda ushlab turilgan musulmon mahbuslardan biri edi.
Xorun Gul iyulda yomon muomalaga norozilik bildirish, Guantanamoda ayblovsiz ushlab turilishiga qarshi chiqib, ochlik e’lon qilgan edi. Uning Afg’onistonda yashayotgan oilasi Asadullaning hayotidan xavotirda ekanliklarini va nodavlat tashkilotlar uni ozod qilish uchun imkon qadar tezroq harakat qilishlari kerakligini aytishgandi.
Guantanamodagi mahbuslar bundan oldin ham ko’p marta qiynoq va yomon muomalaga qarshi ochlik e’lon qilishgan. AQSh esa mahbuslarni majburan ovqatlantirish bilan noroziliklarga barham berib kelgan.
Bir so’z bilan aytganda Guantanamo qamoqxonasi XXI asrda inson huquqlarining eng katta buzilishi markazlaridan biridir.
