«Fransiyaning hamlalari NATO va Yevropani bo’lishi mumkin»

NATO bosh kotibi Yans Stoltenberg AQSh bilan Hind-Tinch okeani inqirozi munosabati bilan Yevropa mudofaa sohasida Vashingtonga qaramligini kamaytirishga chaqirgan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronni ogohlantirdi.
Vashingtonda Prezident Jo Bayden va AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashgan Stoltenberg, muzokaralardan so’ng Jorjtovn universitetida o’tkazilgan konferentsiyada qilgan nutqida Yevropaga ogohlantish berdi.
NATOga parallel ravishda tashkil etiladigan Yevropa mudofaa mexanizmi Atlantika ittifoqining zaiflashishi va parchalanishi xavfi borligini aytgan, NATO bosh kotibi: «Men Fransiyaning hafsalasi pir bo’lganini tushunaman. Lekin men NATO doirasidan tashqarida u bilan raqobatlashish yoki undan nusxa ko’chirish uchun qilingan harakatlarga ishonmayman. Yevropa va Shimoliy Amerika xavfsizligi uchun NATO buyuk kuch bo’lishda davom etishi lozim «, dedi u.
O’tgan oy AQSh, Buyuk Britaniya va Avstraliya Hind-Tinch okeani mintaqasida yangi xavfsizlik ittifoqini tuzganliklarini e’lon qilishdi. Shundan so’ng Avstraliya fransuz suv osti kemalariga buyurtmalarini bekor qildi va AQSh tomonidan ishlab chiqarilgan yadroviy suv osti kemalarini afzal ko’rdi. Bu holat Fransiya va Yevropa Ittifoqidan katta e’tirozlarga sabab bo’ldi.

Yevropa mudofasi qit’a chegaralaridan tashqariga chiqayotganini ifoda etgan Stoltenberg, «Bu yerda muhim narsa geografik joylashuvdir. Janubda Turkiya, shimolda Norvegiya va Islandiya, g’arbda AQSh, Kanada va Angliya» dedi va butun Yevropani xavfsizligini himoya qilish uchun NATOning ahamiyatini ta’kidladi.
Yevropa Ittifoqi rahbarlari kecha kechqurun Sloveniyada bo’lib o’tgan Yevropa Ittifoqi-G’arbiy Bolqon sammiti oldidan kechki ovqat uchun yig’ilishdi, Fransiya Prezidenti Makron Yevropa Ittifoqi o’z chegaralaridagi inqirozni boshqarish uchun ko’proq harakat qilishi va o’z xavfsizligi uchun javobgar bo’lishi kerakligini aytdi.
«Biz yevropaliklar do’slarimizga nisbatan to’g’ri bo’lishimiz kerak. Xavfsizligimiz, chegaralarimiz va mustaqilligimiz uchun nima muhim?» degan savolni berar ekan, Makron 30-31 oktyabr kunlari Rimda bo’lib o’tadigan G20 sammitida AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashishlarini ham qayd etdi.
