Finlyandiya: Turkiya bilan muzokaralar ijobiy ketmoqda

Turkiya va Finlyandiya o’rtasida NATO a’zoligi bo’yicha muzokaralar davom etmoqda.
Finlyandiya Tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto muzokaralar bilan bog’liq bayonot berdi.
Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Antoni Blinken bilan uchrashgan Haavisto, Turkiyaning xavotirlarini jiddiy qabul qilganliklarini bildirdi.
Turkiya bilan muloqotda mavzularga oydinlik kiritishga harakat qilganliklarini ifoda etgan Haavisto, muzokaralarning ijobiy davom etganini aytib o’tdi.
Finlyandiya Tashqi ishlar vaziri, Turkiya tilga olgan muammolarning hal boʻlishi mumkin ekanligini, iyun oyida boʻlib oʻtadigan NATO sammitiga qadar Turkiya bilan muzokaralarda ijobiy yechim kutayotganini bildirdi.
AQSh Davlat kotibi Blinken ham tomonlar o’rtasidagi muzokaralar faol va konstruktiv davom etayotganini ta’kidladi.
