Farg‘onada hijobli qizlarning e’tiqod erkinligi buzilmoqda(mi?)

30-oktyabr, shanba kuni, Farg‘ona Davlat Universitetining Filologiya fakultetida tahsil oladigan faqat hijobli qizlarga viloyat bosh otinoyisi va OTM ayol ustozlari ishtirokida «tushuntirish ishlari», «manaviyat soati» o‘tilgan.
Hijobli qizlarni yig‘ishdan maqsad 1 hafta ichida, «ro‘dopo»lardan voz kechib, milliy ko‘rinishga kelib olish, «tavsiya» etilgan. Aks holda, hijobli(aslida ro‘molli) talaba qizlarga chora ko‘rilishi aytilgan.
So‘zga chiqqanlardan biri hijobli talaba qizlarni milliy bo‘lmagan ko‘rinish bilan Universitetni chet ellik mehmonlar oldida uyatga qo‘yayotganlikda ayblagan(shu kunlarda Qozon(Rossiya)dan kelgan mehmonlar o‘zaro hamkorlik masalasida Universitetda bo‘lib turishibdi. Shuningdek shu kunlarda fizika-matematika bo‘yicha xalqaro fan olimpiadasi Farg‘onada o‘tkazilishi rejalashtirilgan).
Bir qancha vaqt muqaddam tarmoqda maktab direktorlaridan biri maktabga hijobda kelgan o‘quvchiga qarata «saylov o‘tsin, ko‘rasanlar, boshqacha gaplashamiz» degan audioroligi tarqalgandi.
