Falastinning taniqli islom rahbarlaridan biri Isroil qamoqxonasida jon berishi mumkin

G’arbiy Sohilning taniqli islomiy rahbarlaridan Shayx Raid Salohning advokatlari kecha (12 -oktabr, seshanba) qilgan bayonotida, Salohning sog‘ligidan jiddiy va chuqur xavotirda ekanliklarini aytishdi.
Advokatlar bu bayonotni Isroil oliy sudi Baidu-Seba okrug sudida Raid Salohga qo’yilgan yakka tartibdagi qamoqxonani bekor qilish to’g’risidagi shikoyatni rad etib, sud hukmi tugaguniga qadar qamoqda saqlashni davom ettirishga qaror qilganidan keyin berdilar.
Falastin axborot markazining xabar berishicha, advokatlar Isroil Oliy sudi arizaga oid da’volarni tinglash uchun sud majlisi o’tkazmasdan prokuratura tomonidan taqdim etilgan ba’zi maxfiy sabablarga asoslanib, sirtdan qaror qabul qilganiga ishora qilgan.
Oqlovchilar o’z bayonotida, Isroil sudining munosabati qonunning adolat mantig’i va tamoyillariga mutlaqo zid ekanligini ta’kidladilar.
Shayx Raid Saloh nufuzli shaxs bo’lgani uchun, Isroil sudi uni qamoqxonada yakka tartibda ushlab turishga qaror qilgan, chunki u bilan qamoqxonada muloqot qiladigan biror odamga ta’sir o’tkazishi va bu Isroil xavfsizligi uchun salbiy oqibatlar olib kelishi mumkindegan havotirlar bor.

Advokatlar o’z bayonotlarida Shayx Raid Saloh noqonuniy ravishda psixologik qiynoqlarga duchor bo’lganini aytishdi, lekin Isroil adliya organlari bu masalani himoya qilish uchun asos qilib sudda ko’rsatishga ruxsat berishni xohlamadilar.
Shayx Raid Salohning himoya guruhidan joy olgan, A.Zebarika o’tgan yilning avgust oyida bergan bayonotida, Isroil uni nafaqat izolyatorda saqlagan, balki uning hayotiga o’ta salbiy ta’sir ko’rsatadigan turli xil qiynoqlar va ta’qiblarga duchor qilganini aytdi.
63 yoshli Shayx Raid Saloh oxirgi marta Isroil kuchlari tomonidan 2020 yil 20 avgustda qamalgan edi.
Raid Saloh bundan oldin ham ko’p marta Falastin xalqining huquq va erkinlik uchun kurashlarini boshqargani uchun hibsga olingan edi.
