Eski qaroqchilardan qutulib yangisiga tutilgan Mali…

Ma’lumki, Rossiyaning Vagner guruhiga a’zo yuzlab yollanma askarlar Afrika g‘arbidagi Mali Respublikasining Sahel provinsiyasida o’z faoliyatini boshladi.
Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drianning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning xususiy harbiy kompaniyasi Afrika davlatini talon-taroj qilmoqda.
Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian Journal du Dimanche gazetasiga bergan intervyusida Vagneritlar «Rossiya qurollari bilan jihozlangan va Rossiyaning moddiy-texnik yordamiga tayangan sobiq rossiyalik harbiylardir». «Ular harbiy xuntani himoya qilish evaziga mamlakatning tabiiy boyliklarini talon-taroj qilmoqdalar.»
Afrikalik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drianning ruslarning Malidagi mehnati haqidagi bayonotini shunday izohladi: “Frantsiya o’nlab yillar davomida Afrika mamlakatlari xalqlarini talon-taroj qildi va endi u o’z qilmishlari uchun javobgarlikni Rossiyaga ag’darishga harakat qilmoqda.”
Boshqa tarafdan Rossiya ham o’zi uchun biror manfaat olmasa Maliga qadam bosmaydi.
