Eronning Isroildan qasos olish tahdidi

Eron dushanba kuni Isroil havo hujumida halok bo‘lgan Eron Inqilobiy gvardiyasining ikki amaldori o‘limi uchun qasos olishini bildirdi.
Suriya Mudofaa vazirligi Isroilning poytaxt Damashq yaqinida uyushtirgan hujumida hayotdan ko’z yumgan ikki kishining tinch aholi ekanligini ma’lum qildi. Suriya Inson huquqlari observatoriyasi esa o’lganlarning Quddus brigadalariga aloqadorligini, olti nafar harbiylarning yaralanganini ma’lum qildi.
Eron Inqilobiy Gvardiyasiga tegishli axborot saytida halok bo’lganlarning ismlari polkovnik İhsan Karbalaypur va Murtazo Saidnejadd deb e’lon qilinar ekan, ‘Bu hujumning narxini Isroil to’laydi’ deya ta’kidlandi.
Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Said Xatipzoda ham mintaqadagi kuchlarning qarshilik koʻrsatishi ularning asosiy maqsadi ekanini taʼkidlab, bu kabi hujumlar uchun Isroil javobgar boʻlishini taʼkidladi.
Suriya Inson huquqlari observatoriyasiga ko’ra, Damashq aeroporti yaqinidagi qurol va o’q-dorilar ombori nishon bo’lgan, dushanba kungi hujum Isroilning yil boshidan beri o’tkazgan ettinchi amaliyotidir.
