Eronlik muhojirlar Istanbul markazida Yamandagi husiylarni qo’llab-quvvatlovchi namoyish o’tkazdilar

Istanbulning Fotih tumanidagi Sarachhane bog’ida bo’lib o’tgan aksiyani Eronga yaqinligi va hamdardligi bilan tanilgan guruhlar amalga oshirdi.
“Yaman xalqi bilan birdamlikda” shiori ostida o’tkazilgan aksiyaga Husiylar (Ansorulloh Harakati) bayroqlari bilan birga tashkilot rahbari Abdulmalik al-Husiyning plakatlari ham olib chiqildi.
Namoyishchilar orasida ko’plab msuslmonlarni qirg’in qilishda ayblanadigan Eron generali Qosim Sulaymoniyning plakatlari ham aksiyaga kiritilgani diqqatga sazovordir.
Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari ittifoqidan tashqari, husiylar Yamandagi minglab tinch aholi o’limi uchun mas’uldirlar.
