Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan husiylar Saudiya Arabistonidagi aeroportga zarba berdi

Xabar qilinishicha, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiylar Saudiya Arabistoni janubidagi Abha aeroportiga dron yordamida hujum qilgan.
Saudiya Arabistoni rasmiylarining qayd etishicha, hujumda foydalanilgan xudkush droni urib tushirilgan, qulagan dron qoldiqlari esa turli millatga mansub 12 nafar tinch aholini jarohatlagan.
Husiylar uzoq vaqtdan beri Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistonini dronlar va ballistik raketalar bilan nishonga olmoqda, ayniqsa Saudiya Arabistoni janubida notinch holat tez-tez kuzatilmoqda.
Bugungacha amalga oshirilgan hujumlarda aeroportlardan tashqari harbiy markazlar va elektr uzatish liniyalari kabi strategik nuqtalar ham nishonga olingan.
