Erdo‘g‘on ertaga Ukrainaga tashrif buyuradi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo’g’anning ertaga o’tkazilishi rejalangan Ukraina ziyorati chog’ida yangi hamkorlik uchun muzokaralar olib borilishi rejalashtirilgan.
Turkiya bilan Ukraina o’rtasidagi munosabatlarning 30 yilligi munosabati bilan amalga oshiriladigan ziyorat chog’ida davlat rahbarlari ishtirokida Kiyevda Oliy darajadagi Strategik Kengashning 10-yig’ilishini o’tkazilish maqsad qilingan.
Ikki davlat oʻrtasidagi savdo hajmi 2021-yilda 7,42 milliard dollarga koʻtarilgan.
Tashrif chog’ida Ukraina va Rossiya o’rtasidagi so’nggi davrda yuzaga kelgan taranglikning baholanishi kutilmoqda.
Bundan avval Kiyevga Nederlandiya bosh vaziri Mark Ryutte hamda Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonlar tashrif buyurib, Rossiya bilan bog’liq masalalarda Kiyevga dastak bo’lishlarini bildirgan edi.
