Efiopiya o’zining munozarali Uyg’onish davri to’g’onini rasman ochdi

Efiopiyada, ayniqsa Misr va Sudan bilan taranglikka sabab bo’lgan Uyg’onish davri to’g’oni elektr energiyasi ishlab chiqara boshladi.
Bugun Bosh vazir Abiy Ahmad Ali ishtirokidagi marosim bilan foydalanishga topshirilgan to’g’on uzoq vaqtdan beri muhokama qilinmoqda.
Taxminan 5 milliard dollarga tushgan to’g’on qurilishi 2011 yilda boshlangan.
Balandligi 145 metr va uzunligi 1789 metr bo’lgan to’g’on taxminan 74 milliard kub metr suvni ushlab turish quvvatiga ega.
To’g’ondan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi Efiopiyaga elektr muammosini yengishda katta yordam berishi kutilmoqda.
Boshqa tomondan, to’g’ondan foydalanish bilan Misr, Sudanda suv taqchinligi yuzaga kelishi munosabati bilan mazkur davlatlar o’rtasida yana keskinlik kuchayishidan xavotirlar bor.
