Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmad: Misr Tigrayda urush qo’zg’atmoqda

Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmad Efiopiya armiyasining Tigray jangida muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga Misrning Tigray Xalq ozodlik harakati qo’llab-quvvatlashi sabab bo’lgan deb da’vo qildi.
Efiopiyadan keladigan va Misrdan o’tgan va Nil daryosini to’ydiradigan Moviy Nil daryosida Efiopiya tomonidan qurilgan to’g’on ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarni nihoyatda keskinlashtirdi.
Abiy Ahmad Tigray urushiga oid so’nggi voqealar haqidagi bayonotida Misr Efiopiyaning ichki muammolarini qo’zg’atishga va mamlakatda fuqarolar urushini boshlashga urinayotgani, shu bilan Efiopiyaning Moviy Nil daryosidagi to’g’on loyihalarini to’xtatishni maqsad qilganini ta’kidladi.
«Misr Tigrayni qo’llab-quvvatlayapdi»
Abiy Ahmad Misr Tigray Xalq ozodlik frontini qurol bilan ta’minlaganini da’vo qildi. Ahmadning da’volariga ko’ra, Misrdan transport orqali chiqadigan qurollar Sudandan o’tib Tigray hududiga kirib boradi.
Ushbu ayblovlar bilan bir qatorda Abiy Ahmad o’z bayonotida hech qanday dalil keltirmadi.
Eslatib o’tamiz, 2020-yil 4-noyabrda Efiyopiyaning shimolida joylashgan Tigray Xalq ozodlik harakati bilan Efiyopiya hukumati o’rtasida to’qnashuvlar boshlangan edi.