Dunyoga mashxur kompyuter o’yini ishlab chiqaruvchilari musulmonlardan uzr so’radilar

Gap ko’plab kompyuter o’yinlari ihlosmandlari tomonidan sevib o’ynaladigan Call of Duty:Vanguard haqida ketmoqda.
Ayrim ihlosmandalar tomonidan mazkur o’yinning muhim etaplaridan birida yirtilgan Qur’on sahifalaridan yo’l ko’rsatkich sifatida foydalanilgani payqab qolindi.
Natijada dasturchilar kontentni olib tashlashga va musulmonlardan uzr so‘rashga majbur bo‘ldi.
O’yin dasturchilari va tarqatuvchi kompaniya vakillari o’z bayonitlarida: «Call of Duty hamma uchun qilingan. Musulmon jamoatiga befarq boʻlmagan kontent oʻtgan hafta xatolik bilan qoʻshilgan. U allaqachon oʻyindan olib tashlangan, lekin unda hech qachon koʻrinmasligi kerak edi. Biz chuqur uzr soʻraymiz va darhol ichki choralarni koʻrmoqdamiz. Kelajakda bunday holatlarning oldini olish uchun vaziyatni to’g’irlashga harakat qilamiz «-,deya izoh qoldirganlar.
