Dmitriy Kiselev Oʻzbekistondagi soʻz erkinligi haqida gapirdi

Bugungi kun axborot makonida Rossiya siyosiy qarashlarini targ’ib qilish hamda omma ongiga singdirishda «samamarali» faoliyat yuritib kelayotgan “Rossiya segodnya” Xalqaro Axborot Agentligi bosh direktori Dmitriy Kiselev Rossiya-Oʻzbekiston media forumida nutq soʻzladi.
«Oʻzbekiston soʻz erkinligining boʻronli suvlariga dadillik bilan kirib kelganidan hayratdaman. Biz bu yoʻlda juda koʻp gʻurra ortirib oldik va bu tajriba bilan bajonidil baham koʻrishga tayyormiz.»
Kiselevning soʻzlariga koʻra, Rossiya va Oʻzbekiston birgalikda konservativ qadriyatlarni himoya qilmoqda.
Kiselyov: «Shuning uchun biz uchun oʻzga narsalar – sunʼiy va qabul qilib boʻlmaydigan narsadir. Bizga maʼnaviy tuzilmani barpo etish uchun oʻzaro samimiylik, toʻgʻrilik, ishonch va birgalikdagi mehnat zarur», – deya balandparvoz, aslida haqiqatdan yiroq bo’lgan fikrlarni bildirdi.
O’zbekistonda so’z erkinligi sobiq prezident Islom Karimov vaqtida deyarli bo’g’ib qo’yilgan bo’lsa, hukumat boshqaruvi Shavkat Mirziyoyev qo’liga o’tgach esa bu holat biroz yumshaganday ko’rindi. Ammo vaqt o’tishi bilan haqiqatni ko’tarib chiqayotgan fuqarolarga nisbatan turli yashirin va oshkora bosimlar ortib bormoqda. Kuni kecha Namangan shahar IIB profilaktika inspektori S.O. ga nisbatan katta miqdordagi kredit pullarini o’zlashtirganlik aybi bilan hibsga olinganligi, ko’pchilik aholi o’rtasida norozilik va davlat mutasaddilariga nisbatan turli shubhalarni paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Gap shundaki profilaktika inspektori qo’lga olinishidan bir necha kun avval O’zbekiston Ichki Ishlar vaziri Po’lat Bobojonovga video murojat yo’llab, unda bugungi kunda mazkur tizimda sodir etilayotgan turli qing’ir ishlar haqida ochiq oydin gapirib o’tgan edi.
Bunga o’xshash misollarning ming afsuski tez-tez uchrayotgani O’zbekistonda so’z erkinligi Kiselyov ta’riflaganday silliq emas. Bu borada hali qilinadigan talaay ishlar bor.
