Dehli osmonini zaharli gaz bulutlari qopladi, maktablar va universitetlar yopildi

Hindiston poytaxti Dehlida kuchli ifloslanish tufayli maktab va universitetlar noma’lum muddatga yopildi.
Dehlidagi Divali festivalidan bir necha kun o‘tib shaharni zaharli gaz buluti qoplagan. Havodagi odamlarning o’pkasiga yopishib oladigan kichik zarrachalar Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti xavf chegarasidan oshib ketdi.
JSST ma’lumotlariga ko’ra, PM2.5 darajasi 0-50 oralig’ida «yaxshi» va 51-100 orasida «yetarli» deb hisoblanadi. Dehlining ba’zi qismlarida vaziyat 400 darajasi bilan «og’ir» toifasiga o’tdi.
Ta’kidlanishicha, dunyoda havo eng yuqori ifloslangan poytaxt Dehlida ifloslanish sabablari avtomobil va sanoat chiqindilari, chang va ob-havo hodisalari hisoblanadi. Aniqlanishicha, bu yil Divali festivalida yoqilgan olovlar ham vaziyatni yomonlashtirgan.
