CNN va Bloomberg Rossiyada translyatsiyasini to’xtatdi

Bloomberg agentligi va Amerikaning CNN telekanali urush haqidagi noto‘g‘ri xabarlar uchun 15 yilgacha jinoiy javobgarlikni belgilovchi Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar tufayli Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatmoqda.
“Rossiyada yangiliklar yig‘ishni vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilganimizdan juda afsusdamiz. Har qanday mustaqil muxbirni jinoyatchiga tenglashtirish maqsadida Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish mamlakatda oddiy jurnalistikaning har qanday ko‘rinishini davom ettirishni imkonsiz qiladi”, — deyiladi Bloomberg yozma bayonotida.
“CNN Rossiyada ko‘rsatuvlarini to‘xtatadi, vaziyatni baholashda davom etadi va rivojlanish jarayonida keyingi qadamlarni belgilaydi”, — deyiladi kompaniya xabarida.
Rossiyada ushbu ommaviy axborot vositalarining yopilishiga 2022-yil 4-fevralda Davlat Dumasi, Federatsiya Kengashi va Prezident Vladimir Putin tomonidan qurolli kuchlar haqidagi soxta xabarlar uchun 15 yilgacha bo‘lgan jinoiy javobgarlik to‘g‘risida qabul qilingan qonun sabab bo‘ldi.
