Buyuk Britaniya Rossiya Davlat Dumasining 386 nafar deputatiga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Buyuk Britaniya Rossiya Davlat Dumasining 386 nafar deputatiga Rossiyaning Ukrainadagi operatsiyasini qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun sanksiyalar kiritdi. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati saytida xabar berildi.
Xabarda aytilishicha, cheklovlar parlament deputatlariga 11-mart, juma kuni Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Truss tomonidan kiritilgan.
“Yangi sanksiyalar roʻyxatga olingan shaxslarning Buyuk Britaniyaga sayohat qilishi, Buyuk Britaniyadagi aktivlariga kirishi va bu yerda biznes yuritishiga toʻsqinlik qiladi”, — dedi hukumat.
