Burkina-Fasodagi oltin koni yaqinidagi portlash: 60 kishi halok bo‘ldi

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash oltin koni yaqinidagi bozorda saqlanayotgan dinamit yonib ketganida sodir bo‘lgan.
O‘nlab yaradorlar atrofdagi shifoxonalarda davolanmoqda.
Voqea joyiga tuman prokurorlari tashrif buyurganidan so‘ng, portlash yuzasidan tergov boshlandi.
Burkina-Faso AIB axborot agentligi oltin konining vaqtinchalik yopilganini xabar qildi.
Mahalliy yetakchi Sansan Urbain Kambouning Reuters agentligiga aytishicha, konda ishlayotgan konchilarning aksariyati mamlakatning boshqa joylaridan kelgan qochqinlardir.
Afrikadagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchilardan biri bo’lgan Burkina-Fasoda ko’plab xalqaro kompaniyalar konlarda ishlaydi.
Rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatda ishlab chiqarilgan oltinning chorak qismi noqonuniy konlarga to‘g‘ri keladi va bu konlarda 1,5 million kishi ishlaydi.
